Afoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Afoniya (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va phone – ovoz) – shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va hokazo) chin Afoniya roʻy beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va boshqalar), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qoʻrqish va boshqa natijasida funksional Afoniya yuzaga keladi. Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi va boshqa spastik Afoniyaga sabab boʻladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]





Афония Афония [юн. а – инкор қўшимчаси ва phone – овоз] – шивирлаб гапириш қобилияти саклагани ҳолда овоз чиқмай қолиши. Афония турли касалликлар: ҳиқилдоқ, нерв тизими, шунингдек, организмнинг умумий касалликлари белгиси бўлиши мумкин. Чин, паралитик, функционал ва спастик хиллари бор. Овоз бойламларининг етарли юмилмаслиги ёки тебранмаслиги билан кечадиган касалликларда (яллиғланиш, рак ва ҳ. к.) чин афония рўй беради. Ҳиқилдоқ нерви фаолиятининг бир томонлама бузилиши (қалқонсимон без операцияси ва бошқа(лар)), нерв касалликлари паралитик афонияга сабаб бўлиши мумкин. Одатда, асабий беморларда овоз бойламлрини ҳаракатлантирувчи нерв механизмларнинг вақтинча тормозланиши руҳий изтироб, қўрқиш ва бошқа(лар) натижасида функционал А. юзага келади. Ҳалқум ва ҳиқилдоқ шиллиқ қватига ўювчи кимёвий моддалар таъсир этиши ва бошқа(лар) спастик А. га сабаб бўлади.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasuleva Nafisa Doniyor qizi