Nevralgiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nevralgiya (qadimgi yunoncha: νεῦρον — „nerv“ + ἄλγος — „ogʻriq“) — nerv tolalari boʻylab tarqaladigan kuchli ogʻriq; nerv vaqtvaqti bilan sanchib, zirqirab yoki tortishib ogʻriydi. Uch shoxli nerv, quymich nervi, qovur-gʻalararo nerv nevralgiyasi koʻproquchraydi. Infeksion kasalliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, modsalar almashinuvining buzilishi, ateroskleroz, organizmning sovqotishi, kasbga aloqador zararlar sabab boʻladi. Nevralgiya qaysi soha ner-vida boʻlsa, oʻsha soxa nervining poyasi, qobigʻi taʼsirlanadi, nerv poyasi shi-shadi, atrofidagi muskullar tortishadi (Masalan, uch shoxli nerv nevralgiyasida yuz mus-kullari tortishishi), baʼzan nervda struktur oʻzgarishlar kuzatiladi.

Nevralgiya xurujida ogʻriyotgan joyda teri oqarishi yoki qizarishi, terlash, koʻz yoshlanishi yoki soʻlak oqishi, baʼzan toshmalar paydo boʻlishi mumkin.

Davo nevralgiyaning kelib chiqish sababiga bogʻliq. Ogʻriq qoldiruvchi, yalligʻlanishiga qarshi, umumiy quvvatga kirgizuvchi dorilar, fizioterapiya, sanatoriy va kurortlarda davolanish buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil