Platina rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Platina rudalari - tarkibida platina metallari (Pt, Pd, Ir, Rh, Os, Ru) minerallari boʻlgan tabiiy hosilalar, togʻ jinslari. Platina rudalarining kon ahamiyatidagi nisbatan katta uyumlari kamdan kam uchraydi. Platina rudalari konlari tub yoki sochma boʻladi, tarkibiga koʻra esa, asosan, asl platinali va aralash (yoki kompleksli, yaʼni koʻpincha mis va mis bilan nikelli sulfid rudalar tub, oltin bilan platinaning sochma hamda oltin bilan osmiyli sochma) konlari kiradi. Konlarda platina metallari, odatda, notekis tarqalgan, rudalar tarkibida foydali metall miqdori har tonnada bir necha g dan kg gacha oʻlcha-nadi. Platina rudalarida platina elementlarining asosiy shakli ularning oʻz minerallaridir (100 dan ortiq minerallari maʼlum). Koʻproq uchraydiganlari: temirli platina (Pt, Fe), izoferroplatina (Pt3Fe), platina, tetraferroplatina (PtFe), osmirid, iridosmin, frudit (PdBi2), geversit (PtSb2), sperrilit (PtAs2), laurit (RuS2), xoll i n-guortit (Rh, Pt, Pd, Ir) (AsS)2 va boshqa

Platina rudalari tub konlari turli shaklda boʻlgan kompleks platinali sulfid rudalari, asl platinali xrom rudalari massivlari va xol-xol qoʻshimchalardan iborat. Bu turdagi ruda tanalari asosli va oʻta asosli jinslar intru-ziyalari bilan genetik va fazoviy boglik boʻlib, asosan, magmatik tipda paydo boʻlgan jinslarga mansub. Bu tipdagi konlar platformali va burmalangan oblastlarda uzok vaqt mobaynida rivojlanayotgan yirik chuqur tektonik yoriklar bilan bogʻliq, ular 0,5—1,0 dan 3–5 km gacha chuqurlikda joylashgan. Mis-nikelli sulfid Platina rudalari kompleks konlari hozirgi qazib olinayotgan platinali metallar xom ashyo manbalari ora-sida yetakchi oʻrin egallaydi. Bu tipdagi konlarda asosiy platinali minerallar pirrotin, xalkopirit, pentlandit, kubanitlardir. Mis-nikelli Platina rudalarining platina guruhiga mansub asosiy metallari — platina va undan koʻproq palladiy (Pd:Pt 1,1:1 dan 5:1 gacha). Rudalar tarkibida boshqa platinali metallar juda kam uchraydi.

Platina rudalari sochma konlari, asosan, mezozoy va kaynozoy sistemalariga mansub platina va osmiyli iridiy sochmalaridan iborat boʻlib, yerning yuzasigacha chiqadi, baʼzan 10–30 m qalinlikdagi chukindi jinslar ostida joylashadi. Bu tipdagi konlar platinali klinopiroksenitdunitli va serpentin it-gersburgitl i massivlarni yemirilishi natijasida hosil boʻladi. Baʼzan sanoat ahamiyatiga molik sochma konlar genetik tub jinslarda joylashgan boʻlib, elyuvialallyuvial va elyu-vial-delyuvial turlarga ajratiladi. Alloxton allyuvial platina sochmalari tub jinslardan alohida joylashib, 11 –12 m chuqurlikda boʻladi, uzunligi oʻnlab km ga, eni bir necha yuz m ga choʻziladi. Sochma konlarda faqat platina metallarining minerallari olinadi. Bu konlarda koʻpincha platina minerallari uzaro yoki xromit, olivin, serpentin, klinopiroksen, magnetit bilan birlashgan holda uchraydi.

Platina rudalari konlarda ochiq va yer osti usullarida qazib olinadi. Sochma konlarining aksari va baʼzi tub konlari ochiq usulda qazib olinadi. Jahondagi platina metallari resurslari (platina — 65%, palladiy — 30-32%), asosan JAR, AQSH, Zimbabve, Kanada, Rossiya, Kolumbiya, Finlandiya mamlakatlarida joylashgan.

Oʻzbekistonda tarkibida platina metallari boʻlgan minerallar asosli va oʻta asosli magmatik tog jinslari bilan xromitlar, mis-nikelli-sulfidli, titanmagnetitli va boshqa rudalar assotsiatsiyasi shaklida uchraydi. Bunday intruziv massivlar Tomditov, Shimoliy Nurota, Beltov, Sultonuvays togʻlari va boshqa joylarda topilgan. Bu konlar ru-dalarida platina (0,4 dan 25 g/t gacha), palladiy (0,24 dan 22 g/t gacha), ruteniy, rodiy, iridiy, osmiy boʻlib, platinoidlarning asosiy qismi (92— 99,2%) sulfidli minerallanish zo-nalariga mansub va asl platina minerallari (poliksen, kuperit, sperrilit) tarkibida xol-xol shaklda qoʻshilgan. Undan tashqari, uranvanadiyli shtokverkli (Jontoʻr, Rudali), oltin-kvarsli (Muruntov, Metenboy, Besa-pantov), oltin-sulfid-kvarsli (Mar-jonbuloq, Qoʻshbuloq), oltinkumushli (Kosmanachi), mis-porfirli (Qalmoq-qir, Uzoq) va kam miqdorida kolchedanli-polimetall (Xondiza, Qorason) hamda kumushli-polimetall (Lashkarak va boshqalar) konlarida 13,61 g/t gacha Pt, 8,74 g/t gacha Pd, 4,22 g/t gacha Os, 0,11 g/t gacha 1g va boshqa borligi anikdangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rudnie mestorojdeniya Uzbekistana, T., 2001.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil