Shtokverk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shtokverk (nem.) - turli yoʻnalishdagi rudali tomircha va zarralar bilan toʻlgan togʻ jinslari massasini tashkil qiluvchi notoʻgʻri shakldagi rudali tana. Sh.lar orasida maydonli va chiziqlilari farqlanadi. Ularning oʻlchami bir necha oʻn m dan bir necha km ga yetadi. Sh.lar darz ketgan togʻ jinslari orasida aylanib yuruvchi qaynoq eritmalardan tarkibida metall boʻlgan moddalarning choʻkishi natijasida hosil boʻluvchi gidrotermal hosilalar guruhiga taalluqli. Ularga mis, molibden, volfram, oltin, qalay, berilliy, uran, simob va boshqalar metall rudalari konlari misol boʻladi.