Asl metallar — Oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar (ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy). Kimyoviy jihatdan turgʻun, qiyin eruvchan (oltin, kumushdan tashqari), zanglamaydi, ulardan yasalgan buyumlar koʻrkamligi bilan ajralib turadi. Oltin, kumush va platinaning plastikligi yuqori. Bu metallarning shu xususiyatlari texnikada va hayotda keng ishlatiladigan qotishmalarida ham namoyon boʻladi[1].