Beltov togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Beltov togʻlariNavoiy viloyatining jan.gʻarbidagi togʻlar. Ovminzatov bilan Yeti.mtov oraligʻida. Eng baland joyi 538 m. Uz. qariyb 30 km. Beltov togʻlari jan.gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Beltov togʻlari Ovminzatovning davomi boʻlib, Yetimtov bilan tektonik botiq (Sardor sinklinali) orqali tutashgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlari ancha tik va quruq oʻzanlar bilan oʻyilgan, ayrim joylarda eol qumlarining turli shakllari vujudga kelgan. Jan.sharqiy yon bagʻirlari Qoraxotin botigʻiga zinapoyasimon pasayib tushgan. Etaklarida keng prolyuvial shleyflar bor. Beltov togʻlarining suvayirgʻich qismi choʻqqilari nayzasimon va oʻtkir qirrali. Beltov togʻlari kristalli slanes, kvarsit, ohaktosh va amfibolitlarning qatlamlaridan iborat. Yuqori paleozoyning gersin togʻ hosil boʻlish davrida koʻtarilgan. Tuproklari, asosan yuvilgan boʻzqoʻngʻir tuproqlar. Qorajusan, boyalich, tasbiyurgʻun, izen hamda efemerlar oʻsadi. Yon bagʻirlari .yaylov chorvachiligida foydalaiiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Beltov togʻlari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil