Platina metallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Platina metallari, platinoidlar — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub 6 ta kimyoviy elementdan iborat oila. Platina metallariga ruteniy Ru (tartib raqami 44), rodiy Rh (45), palladiy Pd(46) — ye n gil Platina metallari, osmiy Os (76), iridiy 1g(77), platina Pt(78) — ogʻir Platina metallari kiradi. Kimyoviy turgʻunligi, suyuqlanish temperaturasining yuqoriligi va tashqi koʻrinishining koʻrkamligi sababli Platina metallari oltin va kumush bilan bir qatorda no-dir metallar deb ataladi. Yer poʻstida massa jihatidan platina 5-10^7%, osmiy 5-10~6%, iridiy 1-10~7%, ruteniy 5-10~7%, rodiy 1-10~7% va palladiy 1-10~6%ni tashkil qiladi. 100 dan ortiq Platina metallari minerallari maʼlum. Ular 2 xil: tugʻma palladiy va platina hamda turli qotishmalar. Platina metallarining ikkilamchi manbalariga togʻ-boyitish korxonalarining chiqindilari, ishlatilgan katalizatorlar va boshqa kiradi. Palladiy, ruteniy va rodiyning baʼzi izotoplari uran va plutoniyning parchalanish mahsulotlari tarkibida yadro re-aktorlarida yigiladi. Platina metallari — kumush-dek oq yoki kumushsimon, qiyin suyuqlanadigan, qiyin uchuvchan elementlar. Mexanik xossalariga koʻra, ular bir-biridan sezilarli farqlanadi: platina — yumshoq, plastik, uni ingichka sim qilib choʻzish, zar kabi yoyish mumkin; palladiy ham plastik, osmiy va ruteniy — moʻrt, iridiy — qattiq va mustaxkam. Palladiyning oksidlanish darajasi +2, platinaniki +2, +4 va +6, iridiyniki +2 va +3, osmiyniki +4, +6 va +8, rodiyniki +3, rute-niyniki +3, +4 va +8. Palladiy (800 hajmgacha) va platina (nisbatan kamroq) koʻp miqdorda vodorod molekulasini yutish va uni kimyoviy reak-siyalar jarayonida atom holida ajra-tib chiqarish xususiyatiga ega. Shu sababli ular organik sintezlarda katalizator sifatida ishlatiladi. Platina metallari va ularning qotishmalari gidrogenlash, degidrogenlash va oksidlash jarayonlarida katalizator, krtishmalarda legirlovchi qoʻshimcha sifatida, yuqori temperaturalarda qoʻllanadigan termo-paralar, qarshilik termometrlari, elektr pechlar qismlari, kimyoviy barqaror idishlar, elektrodlar, tibbiyot asboblari, krplamalar, zargarlik buyumlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil