Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Qiyofa
Turi | qonun chiqaruvchi hokimiyat |
---|---|
Maqomi | oliy davlat vakillik organi |
Ishga tushgan sanasi | 2002-yil 20-yanvar |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 6-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Rais | Tanzila Norboyeva |
Bosh mahkamasi | Kengash |
Aʼzolari | 65 (100 2023-yilgi referendumdan keyin qisqartirilgan) nafar aʼzodan iborat |
Vebsayti | senat.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Ushbu maqola Oʻzbekiston siyosati va hukumatiga bagʻishlangan turkumning bir qismidir |
---|
|
Vazirlar Mahkamasi |
Oʻzbekiston portal |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi[1].
Vakolatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida vakolatlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini saylash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
- oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻmitalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi[2]
- Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
- Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
- Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
- Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi
- Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi[3]
- Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
- Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Komissiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Reglament va odob komissiyasi[4]
- Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi
Devoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tashkiliy — nazorat boʻlimi
- Yuridik boshqarma
- Axborot-tahlil boshqarmasi
- Mahaliy ijro etuvchi xokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish boʻlimi
- Xalqaro aloqalar boʻlimi
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi
- Jamoatchilik bilan aloqalar va tahrir boʻlimi
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi
- Moddiy-texnika va taʼminot boʻlimi
- Moliya, hisob va hisobot boʻlimi[5]
Raislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murod Sharifxoʻjayev (20.01.2002 — 27.01.2006)
- Ilgizar Sobirov (27.01.2006 — 23.01.2015)
- Nigʻmatilla Yoʻldoshev (23.01.2015 — 21.06.2019)
- Tanzila Norboyeva (21.06.2019-yildan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi
- ↑ „Senat qoʻmitalari“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ Senatda yangi qoʻmita tuzildi
- ↑ „Senat komissiyalari“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ „Senat devoni“. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.