Amnistiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amnistiya – sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to'la yoki qisman ozodlikka chiqarish.

Amnistiya (yun. amnestia – kechirish, gunohidan o‘tish; amnistiya) – oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillatish to‘g‘risidagi qarori. Amnistiya jinoyat va boshqa huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazodan to‘la yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risida insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni afv etish vakolatiga ega. Amnistiya xalq o‘rtasida "umumiy afv" deb ham yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganidan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amnistiya to‘g‘risidagi 11 ta farmoni e’lon qilingan (2001 yil 1 yanvargacha). Bu farmonlar xalqaro huquq normalarida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida nazarda tutilgan insonparvarlik tamoy-illariga izchillik bilan amal qilishning yuksak namunasidir. Amnistiyaga asosan, jazodan ozod qilingan shaxslar takroran jinoyat qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim, chunki takroran sodir qilgan jinoyati uchun hukm etilgan shaxslarga nisbatan keyinchalik qabul qilingan Amnistiya qo‘llanilmaydi va bu holat unday shaxsni jazodan ozod etishga monelik qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amnistiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil