Amudaryo xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘kuz xazinasidan yoʻnaltirildi)

Amudaryo xazinasi, „Oʻkuz xa-zinasi“ — miloddan avvalgi 4-2-asrlarga oid zargarlik buyumlari majmuasi. 1877 yil Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan, 179 oltin va 7 kumush buyum hamda oʻsha davrlarda zarb qilingan 1500 ta kumush va chaqa (asosan miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 2-asr boshi) tangadan iborat. Oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, zirak, marjon, boʻyintumor, toʻqa va muhrlar hamda odam, kiyik, echki, gʻoz, baliq va boshqa jonivorlarning quyma oltin haykalchalari, shuningdek, oltindan yasalgan ot-aravacha, jomchalar bor. Buyumlarni turli davr ustalari ishlagan boʻlib, axomaniylar, mahalliy yunon-baqtriya va saklar madaniyatiga mansub. Oltin va kumush tangalarga makedoniyalik Iskandar, salavkiylar hamda Yunon-Baqtriya davlati hukmdorlari Diodot va Yevtidemlar nomlari zarb qilingan. 453Ular Afgʻoniston va Xindiston orqali Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan. Buyumlardagi naqshlar va quyma haykalchalar skiflarning „podsho maqbaralari“dan topilgan oltin va kumush buyumlardagi jangchi va hayvon tasvirlariga oʻxshab ketadi. Bu Gerodotnit „saklar Qora dengiz boʻylarida yashovchi skiflar bilan yaqin“ degan maʼlumotini tasdiqlaydi. Amudaryo xazinasi Kichik Osiyo, Eron va Turonni qamrab olgan ulkan hududda miloddan avvalgi 5-3-asr larda yashagan xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyo-siy hayoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan nodir yodgorlikdir. Ad-: Amudarinskiy klad: Katalog vistavki, L., 1979.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil