Nodir devonbegi madrasasi (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Nodir devonbegi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Manzil Xoʻja Ahror Vali MFY
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Nodir devonbegi
Homiylar Nodir devonbegi
Binokorlik 1630-yil1631-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Nodir devonbegi madrasasi (asl nomi: Nadr devonbegi madrasasi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (163031). Nodir devonbegi mablagʻiga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan baʼzan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor Madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)m. bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga oʻzaro uygʻunlashtirib feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjima-dor naqshlar bilan nafis bezatilgan. Gumbaz osti toqi va bagallari bezagida ustaning ijodiy erkinligi koʻzga tashlanadi. A. Haqqulov boshchiligida taʼmirlangan (1980).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil