Nasimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasimiy (taxallusi; asl ismi — Ali, laqabi — Imodiddin) (1370, Shemahi —1471, Halab) — ozarbayjon mumtoz shoiri. Fors, arab tillari va adabiyotini chuqur oʻrgangan. Mantiq, riyoziyot, tabiat va astronomiya fanlarini oʻzlashtirgan. Mansur Hallojga kuchli eʼtiqod qoʻygan, oʻzini uning shogirdi hisoblaganidan ilk sheʼrlarini Husayniy taxallusi bilan yozgan. 14-asrda Ozarbayjonda tasavvufdan oʻsib chiqqan hurufiylar oqimi keng yoyilib, unda inson omili muhim oʻrin tutadi: inson, uning erki ulugʻlanadi; insonga ilohiy quvvatning zuhuri va tajassumi sifatida qaraladi. Hurufiylar tariqatining asoschisi, shoir va mutafakkir Fazlulloh Naimiy 1394 yil Shirvonga keladi va N. bilan uchrashadi. Uning hurufiylik qarashlari yosh shoirga kuchli taʼsir qiladi va uni qabul etib, Fazlullohni oʻziga murshid biladi. Naimiyga hamohang Nasimiy taxallusini oladi. Ilgʻor fikrli kishilar taʼqib ostiga olinib, Naimiy Mironshoh tomonidan qatl qilingach, ham oʻzini qutqarish, ham hurufiylik gʻoyalarini keng yoyish maq-sadida N. Ozarbayjondan chiqib ketadi. U Bagʻdod, Onadoʻli, Tokat, Bursa va boshqa joylarda yashaydi, nihoyat Halabda qaror topadi. Misr sultoni Muayyaddin N.ni dahriylikda ayblab, tiriklayin terisini shildiradi.

N. ilk bor ozarbayjon tilvda ijod qilgani, ozarbayjon adabiy tilini xalq jonli soʻzlashuv tiliga yaqinlashtirgani bilan ozarbayjon adabiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi. U, Hasan oʻgʻli va Qozi Burhoniddindan keyin, ozarbayjon tilida yaratilgan sheʼriyatning ustodlaridandir. N. fors tilida ham asarlar yozgan, uning forsiy ijodi Eronda alohida toʻplam holida nashr etilgan.

N. oʻzining isyonkor va hassos sheʼrlari bilan dunyoning koʻpgina mamlakatlarida mashhur. Oʻz fikr-oʻylari, tuygʻukechinmalarini xalqona sodda uslubda bayon qilgan. N. sheʼrlari bir qarashda oddiy, sodda boʻlib koʻrinsada, lekin mazmunan chuqur va badiiy yuksak. U koʻproq diniy-tasavvufiy mavzularni qalamga olib, oʻzi mansub hurufiylik gʻoyalarini ulugʻlagan. N. ozarbayjon adabiyoti tarixida mardlik, jasorat, qaqramonlik timsoli sifatida shuhrat qozongan. Lutfiy, Alisher Navo-iy, Mashrab va boshqa oʻzbek shoirlari uning shaxsi va ijodiga ehtirom bilan qarashgan. "Nasoyim ul-muhabbat"d,a u turkiy mashoyixlar qatorida zikr etiladi. Qoʻlyozmalari Turkiya, Iroq, Suriya, Misr, Eronda hamda Parij, London, Kembrij, Oksford, Sankt-Peterburg , Boku, Toshkent va boshqa shaharlardagi kutubxonalarda sakdanadi. Devoni nashr qilingan (1844, 1881, 1929).

Manbalar[tahrir]

  • Asarlar, T., 1977.
  • Ad.:Arif M., Istoriya azerbaydjanskoy literaturi, Baku, 1971; Orasli H., Imodidsin Nasimiy (hayoti va ijodi), T., 1973.