Yupiter
![]() | |
"Voyager" kosmik kemasi olgan surat (1979). | |
Mehvar tasnifi | |
---|---|
Katta yarim oʻqi | 778,547,199 km 5.20426658 AB |
Kichik yarim oʻqi | 777,620,569 km 5.19807244 AB |
Perimetri | 4,832,000,000 km 32.297 AB |
Ekssentrisiteti | 0.048774888 |
Perigeliy | 740,573,646 km 4.95042906 AB |
Afeliy | 816,520,751 km 5.45810410 AB |
Siderik davri | 4,334.50 kun (11.862615 Yer yili) |
Sinodik davri | 398.88 kun |
Oʻrtacha orbital tezligi | 13.07 km/soniya |
Eng katta orbital tezligi | 13.72 km/soniya |
Eng kichik orbital tezligi | 12.44 km/soniya |
Chekinish | 1.304626° (6.09° (Quyosh ekvatoriga nisbatan)) |
Orbital tugun uzunligi | 100.491580° |
Perigeliy argumenti | 275.066051° |
Tabiiy yoʻldoshlari soni | 63 |
Fizik tasnif | |
Ekvatorining radiusi | 71,492±4 km (11.209 (Yer)) |
Qutbiy radiusi | 66,854±10 km (10.517 Yer) |
Siqiqligi | 0.06487 |
Maydoni | 6.21796×1010 km2 (121.9 (Yer)) |
Hajmi | 1.43128×1015 km3 (1321.3 (Yer)) |
Massasi | 1.8986×1027 kg (317.8 (Yer)) |
Zichlik | 1.326 g/sm3 |
Erkin tushish tezlanishi (ekvatorda) | 24.79 m/s2 (2.358 g) |
Ikkinchi kosmik tezlik | 59.5 km/s |
Siderik sutka | 9.925 soat |
Aylanish tezligi | 12.6 km/s (ekvatorda) |
Ekliptikaga ogʻish burchagi | 3.13° |
Rektassenziya (Shimoliy qutb uchun) |
268.057° (17 soat 52 daq 14 s) |
Deklinatsiya | 64.496° |
Albedo | 0.343 |
Sirtidagi harorat - min - oʻrta - max |
165 K (−108 °C) |
Atmosfera tasnifi | |
Atmosfera bosimi | 20–200 kPa |
Vodorod | 89.8±2.0% |
Geliy | 10.2±2.0% |
Metan | ~0.3% |
Ammiak | ~0.026% |
Vodorod deyteridi | ~0.003% |
Etan | 0.0006% |
Suv | 0.0004% |
tahrir |
Yupiter (lot. — qadimgi Rimliklarning oyaiy xudosi nomidan) — Quyosh sistemasidagi eng katta, Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi sayyora. Astronomik belgisi S.. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 astronomsh birlik (778,6 mln.km) ga teng . Orbitasining ekssentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita boʻylab oʻrtacha tezligi 13,01 km/s. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi (sinodik davr), yaʼni bunday roʻpara turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda Yu. koʻzga ancha ravshan (Venera va Marsdzm keyin) sayyora boʻlib koʻrinadi. Uning koʻrinma yulduz kattaligi — 1,2 dan 2,7 gacha oʻzgarib turadi. Yu. teleskopda elliptik disk shaklida koʻrinadi. Koʻrinma diametri 32" dan 50" gacha oʻzgarib turadi. 17-asr boshida Yu.ni T.Galiley birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yu.ning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26 marta katta. Uning qutbiy diametri boʻyicha bosiqligi 1/16 boʻlib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 km ga qisqadir. Yu.ning sirti Yer sirtidan 122 marta, hajmi 1345 marta kattgg , yoʻddoshlarining harakatlariga asosan aniqdangan massasi Yernikidan 318,36 marta katta, yaʼni 191029g; lekin zichliga Yer zichligining 0,24 qismiga teng , yaʼni 1,33 g/sm³. Yu. sathidagi ogʻirlik — tezlanishi Yerdagidan 2,51 marta katta, kritik tezlik, yaʼni ogʻirlik kuchi taʼsirini yengib chiqish tezligi 59,5 km/s. Teleskopda kuzatilganda Yu. sirtida ekvator boʻylab qora belbogʻlar qoʻrinadi. Bu belbogʻlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, bundan koʻrinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yu. gardishida bunday oʻzgarib turadigan belbogʻlardan tashqari deyarli doimiy, oʻzgarmaydigan detallar ham quzatiladi. Mas, 1878 yilda kashf etilgan qizil dogʻ elliptik shaklda boʻlib, uning oʻlchami 13000x40000 km. 1974 yilda AQSH ning "Pioner11" sayyoralararo avtomatik styasining 43000 km masofadan yuborgan maʼlumotlariga qaraganda qizil dogʻ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera toʻfonidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Bu dogʻ Yu. atmosferadagi juda kuchli qoʻzgʻalish jarayoni boʻlib, gaz massasining aylanishi boʻlishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dogʻ baʼzi yillarda keskin qizil rangda, baʼzi yillarda oqish rangda boʻlib, yaxshi koʻrinmaydi, hatto butunlay koʻrinmay qolishi ham mumkin.
YU.ning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam boʻlgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat boʻlishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yu. atmosferasi 60% molekulyar vodorod, 36% geliy, 3% neon, 1% ga yaqin ammiak va metandan tashkil topgan. Yu. atmosferasidagi vodorod va geliyning oʻzaro nisbati Quyoshdagidek. Shuningdek, Yu.ning magnit qutblari Yer magnit qutblariga qarama-qarshi ekanligi va kuchli radiatsion belbogʻlar mavjud boʻlib, Yernikidan 10 marta kuchli, radiatsion belbogʻlarida elektronlar konsentratsiyasining 1000 marta ortiqligi tasdiqlandi. Harakatlanuvchi detallarini kuzatish natijasida Yu.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi aniqlangan. Yu. ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi 3° G boʻlib, unda yil fasllari yoʻq va har xil kenglamalarda aylanish davri turlicha. Yu. Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27marta kamroq oladi, shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng koʻp isiydigan hududlari sirtidagi temperatura — 100—150°. Shuning uchun Yu.dagi bulutlar past trada kondensatsiyalangan ammiak kristallaridan iborat deb hisoblanadi. Yu.ning 17 ta yoʻldoshi boʻlib, eng yirik 4 tasini 1610 yilda G.Galiley ochgan (qarang Sayyoralarning yoʻldoshlari). Ular Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto boʻlib, kichik durbinda koʻrinadi. Ularning orbitalari deyarli aylanadan iborat va Yu.ning ekvator tekisligida yotadi. Daniyalik astronom O.Ryomer 1675 yilda Yu. birinchi yoʻldoshining tutilishi (Yu.ning orqasiga oʻtishi)ni kuzatib, yorugʻlik tezligini oʻlchagan, 4 ta yoʻldoshning sirtidagi detallarni kuzatib, ularning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri Yu. atrofida aylanish davriga tengligini va ular doim Yu.ga bir tomoni bilan turishini aniqlagan. Yu.ning yoʻldoshlarida atmosfera topilmagan. 19—20-asrlarda Yu.ning yana 13 ta juda kichik yoʻldoshlari topildi (17yoʻldosh 1999 yil kashf etilgan). Bulardan 8 13 va 17 yoʻldoshlarning sayyora atrofida teskari tomonga harakatlanishi aniqlangan. Yu.ni tadqiqetishda AQSH ning Yu. yaqinidan uchib oʻtgan "Pioner10" (1973), "Pioner11" (1974), "Voyajer1", "Voyajer2"> (1979) sayyoralararo avtomatik st-yalari va sayyoraning birinchi sunʼiy yoʻldoshi "Galileo" (1995—2001) kemasining hissasi juda katta boʻddi. Bu kema yordamida Yu.ning juda shaffof va yupqa tashqi halqasi borligi aniqlandi.
Jupiter Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi va kattaligi jihatdan birinchi oʻrindagi sayyorasidir. Uning massasi Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarning umumiy massasidan ikki yarim baravar koʻpdir. Yupiter Saturn, Uran hamda Neptun bilan birgalikda gazli gigantlar toifasiga kiradi.
Bu sayyora odamlarga qadim zamondan maʼlum boʻlgan
Yupiter asosan vodorod va geliydan tashkil topan. Sayyoraning markazida kuchli bosim ostidagi, ogʻir elementlardan tashkil topgan yadrosi bor. Sayyoraning atmosferasi bir nechta chiziqlarga boʻlingan, bu ularning chegaralarida kuchli boʻronlarni hosil qiladi. Buning sezilarli natijasi — Katta Qizil Dog', ulkan boʻron. U odamlarga XVII asrdan buyon maʼlum. Atmosfera ichiga chuqurlashib borgan sari bosim va harorat oshadi. Yupiter kuchli magnitosferaga ega.
Yupiterning 63ta yoʻldoshi aniqlangan. Uning eng katta 4ta yoʻldoshi Galiley tomonidan 1610 yil aniqlangan.Yupiterning yoʻldoshi Ganimedning diametri Merkuriynikidan katta. Yevropaning ichki qatlamida okean aniqlangan, Io boʻlsa Quyosh sistemasidagi eng kuchli vulqonlari bilan mashhur.
Yupiter NASAning 8ta sayyoralararo stansiyalari bilan kuzatilgan. Eng ahamiyatlilari «Pioner» va «Voyadjer», keyinchalik sayyoraga zond tushirgan"Galileo" boʻlgan. Yupiterga borgan oxirgi apparat «Yangi gorizontlar», hozir u Plutonga yoʻl olgan.
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- Astronomiya
- Quyosh tizimi
- Astronomiyaga oid chala maqolalar
- Wikipedia articles with BnF identifiers
- Pages with red-linked authority control categories
- Wikipedia articles with GND identifiers
- Wikipedia articles with LCCN identifiers
- Wikipedia articles with NARA identifiers
- Wikipedia articles with NDL identifiers
- Wikipedia articles with NKC identifiers
- Wikipedia articles with NLI identifiers
- Wikipedia articles with SUDOC identifiers
- Wikipedia articles with VIAF identifiers
- Wikipedia articles with WorldCat-VIAF identifiers