Oxford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oksforddan yoʻnaltirildi)

Oksford — Buyuk Britaniyadagi shahar, London shahridan shim.-gʻarbda, Temza daryosi boʻyida joylashgan. Oksfordshir grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 132 ming kishi (1999). Poligrafiya sanoati rivojlangan, avtomobilsozlik, elektrotexnika korxonalari mavjud. Shahar qoʻlyozmalarda 912 yildan tilga olingan. Qad. universitet shaharlaridan (12-asrda universitet tashkil etilgan). Ingliz gotika uslubida qurilgan universitet kollejlarining kompleksi shahar qiyofasiga alohida koʻrinish beradi. 1541-yildan Angliya yepiskopining qarorgohi. Meʼmoriy yodgorligi koʻp. Oksford universiteti, teatr, kutubxona, muzey va boshqa bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil