Naqshi Rustam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Naqshi rustam

Naqshi rustam - Sheroz (Eron) dan 50 km, qad. Istahr shahri (Taxti Jamshid) yaqinida joylashgan Husaynkoʻh qoyalaridagi axomaniylar sulolasi podshohlarining maqbaralari hamda kitobalari. N. R. Eron sarkardasisosoniylarshm Yazdigard III armiyasi bosh qoʻmondoni Rustam (636 yil arablar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan) nomiga qoʻyilgan. N.R. Doro I, Artakserks I va Doro II larning Koʻhi Rahmat bagʻriga kavlab joylashtirilgan maqbaralaridan iborat. Doro I maqbarasi toʻrtburchak shaklida, zardushtiylik anʼanasi asosida yaratilgan boʻlib, eng qad. yod-gorlikdir (qarang Doro qabri kitobalari). Maqbaradan pastda, chap tomonidagi relyefda sosoniylar podshosi Shopur ning Rim imperatori Valerian ustidan gʻalabasi (milodiy 260 yil) va Valerianning ot minib turgan Shopur I oyogʻiga tiz choʻkib, bosh egib turgani tasvirlangan. Relyef ostidagi yozuvda forslarning Zakavkazyega yurishi ifo-dalangan (milodiy 262 yil). Maqbaralarning qarshisida burjZardusht kaʼbasi joylashgan. Uning tomi katta hajmdagi yassi tosh plitalar bilan yopilib, devorlarida deraza oʻrnida ochiq joylar qoldirilgan. Eron, Kavkaz va Oʻrta Osiyo aholisi uylariga oʻxshatib qurilgan burjning devorlariga paxlaviy, parfyan va yunon yozuvlarida Sosoniylar daalati tarkibiga kirgan mamlakatlar, bu ziyoratgohga keltirilgan hadyalar roʻyxati berilgan. N.R. manzaralari va kitobalari axomaniylar va sosoniylar bosib olgan mamlakatlar va xalqlar tarixi, etnografiyasi va madaniyatini oʻrganishda muhim manbadir.

Hamidjon Hamidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil