Istahr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Istahr — qad. Persepolning oʻrta asrlardagi nomi. Shahar harobasidan 5 km narida joylashgan. I. arablar tomonidan 2 marta (643, 649 y.) bosib olingan. Oʻrta asrlarda I. jome masjidi atrofi ustunlar bilan oʻrab olingan boʻlib, Maqdisiynpng yozishicha, har bir ustunning tepasida sigir tasviri tushirilgan; masjid ilgari otashpa-rastlarning ibodatxonasi boʻlgan. I. sosoniylar davrida Fors viloyatining asosiy shahriligicha qolgan. I. Somsom ad-davla davri (989—998) da amir Qu-tulmush tomonidan shunchalik talon-taroj etilganki, keyinchalik faqat qishloq sifatida tiklana olgan xolos. 12-a. boshida I. da atigi 100 ta erkak qolgan (Ibn alBalxiy). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil