Shopur I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shopur I (? 272) - Eron shohi (239 yohud 241 yildan), Sosoniylardan. Ardashir I ning oʻgʻli. Otasi davrida boshlangan davlat hududini kengaytirish va uni mustahkamlash ishlarini davom ettirgan. U katta hududlarni bosib olgan. 260 yil Edessa yaqinida Rim qoʻshinlarini tormor keltirib, imperator Valerian hamda uning qoʻshinining katta qismini asir olgan. Suriya, Armaniston, Shim. Mesopotamiyani boʻysundirgan (262263). Sh. I Turon hududiga ham bosqinchilik yurishlari qilib Kushon podsholigita qarshi Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr va boshqalar viloyat va shaharlarni egallagan, Sugʻd va Choch vohasiga bostirib kirgan. Sh. 1 davrida Eronda keng miqyosda irrigatsiya va qurilish ishlari olib borilgan, koʻplab shaharlarga asos solingan.