Artakserks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Artakserks — Axomaniylar su-lolasidan boʻlgan Eron shohlari. A. I Dasti uzun, miloddan avvalgi 465 — 424 yillarda hukmronlik qilgan. Otasi — Kserks I fitna natijasida oʻldirilgach, taxtga oʻtirgan. Hukmronligining dast-labki yillarida Axomaniylar davla-ti bilan urush olib borayotgan Afinaning koʻmagida koʻtarilgan Misrdagi qoʻzgʻolonni bostirgan, 454 yil esa forslar Nil deltasida Afina flotini yakson qilganlar. 449 yil Kipr o.dagi Salamin jangida afinaliklar gʻalaba qozongach, yunon-fors urushlarini yakunlagan, Kal-liy sulhini imzolagan. Bu sulhga koʻra A. I Kichik Osiyodagi yunon shaharlarining siyosiy mustaqilligini tan olgan. Fors zodagonlarining separatik harakatlari (mas, miloddan avvalgi taxminan 449 ydagi Megabiz isyoni) va tobe xalqlarning qoʻzgʻolonlari kuchayishiga qaramay A. I davrida marka-ziy hokimiyat ancha kuchli boʻlib, Axoma-niylar davlatining hududiy yaxlitligi asosan saqlanib qolgan edi. A. II Mnemon, miloddan avvalgi 404 — 358 yillarda hukmronlik qilgan, Doro IIning katta oʻgʻli. Hukmronligining dastlab-ki yillarida Kichik Osiyo hokimi, ukasi Kir bilan taxt uchun kurash olib bor-gan. Tashqi siyosat sohasida bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan boʻlsada (394 yil Sparta flotining Knid yonida tor-mor keltirilishi, 386 yilgi Antalkid sulhi va boshqalar), A. II podsholigi davri Axomaniylar davlatining zaiflashgan payti edi. 649A. II ga qarshi satraplar, vassal shohlar, yarim qaram qabilalar (kadusiylar va boshqalar) bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtarganlar. A. III Ox, miloddan avvalgi 358 — 338. yillarda hukmronlik qilgan, A. II oʻgʻli. Akalarini oʻldirib taxtni egallagan. Axoma-niylar davlatining hududiy birligini tiklash uchun qattiq harakat qilgan. Sa-traplarga yollanma qoʻshinlar saqlashni man etgan. Qator qoʻzgʻolonlarni (Kichik Osiyo, Finikiya, Kiprda) beshafqat bo-stirgan va 341 yil Misrni qayta qoʻshib olgan (Misr miloddan avvalgi 5-asr oxirida Axo-maniylar davlatidan ajrab chiqqandi). Oʻzining mulozimi, maxrami Bagoy tomo-nidan oʻldirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil