Muhammadrizo Shofeʼi Kadkaniy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Copyvio: http://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/muhammadrizo-shafeiy-kadkaniy-sherlar.html
Qator 10: Qator 10:
| Vafot joyi =
| Vafot joyi =
| Fuqarolik = {{Eron bayrogʻi}} [[Eron]]
| Fuqarolik = {{Eron bayrogʻi}} [[Eron]]
| Kasb = [[professor]], [[shoir]], [[tarjimon]], [[adabiyot]]shinos
| Kasb = [[professor]], [[shoir]], [[tarjimon]], [[adabiyot]]shunos
| Faoliyat =
| Faoliyat =
| Yonalish =
| Yonalish =
Qator 19: Qator 19:
}}
}}


'''Muhammadrizo Shofeʼi Kadkaniy''' (t. 1939-yil, [[Tehron]]) — eronlik mashhur [[shoir]], [[tarjimon]] va [[adabiyotshinos]] olim.
'''Muhammadrizo Shofeʼi Kadkaniy''' (t. 1939-yil, [[Tehron]]) — eronlik mashhur [[shoir]], [[tarjimon]] va [[adabiyotshunos]] olim.


== Hayoti ==
== Havolalar ==
Muhammadrizo Shafeʼiy Kadkaniy ({{lang-fa|محمدرضا شفیعی کدکنی}}) 1939yilning 12 oktyabr kuni [[Nishopur]]ning Kadkan qishlogʻida tugʻilgan.
Uning onasi fors va arab tillarini bilardi hamda Mavlaviyning „Masnaviyi maʼnaviy“si va Hofizning devonini oʻqirdi. U zamonining boshqa ayollari kabi faqat oʻqishni bilardi, yozishni emas. Shafeʼiyning otasi din va adab ahlidan boʻlib, buyuk ustozlardan taʼlim olgan edi va [[Mashhad]] diniy havzasida dars berardi.
Muhammadrizo oilada yagona farzand edi. Shu sababdan ota-onasi uning tarbiyasiga katta eʼtibor berib, farzandlari yetuk din olimi boʻlishini istashardi. Kadkaniyning yozishicha, u hech vaqt maktabga bormagan va boshlangʻich savodini ota-onasi oldida chiqargan. Keyinchalik uy maktablarida taʼlim olishni boshlagan. [[Diniy ta’limotlar]]ni ham u avval otasidan va soʻngra diniy havzalardagi ulugʻ ustozlardan oʻrganadi.
Uning oʻsmirlik va yoshlik chogʻlari [[Mashhad]]da kechdi. Boʻlgʻusi shoir ibtidoiy va oʻrta maktabni shu yerda tugalladi va [[Mashhad adabiyot instituti]]ning fors adabiyoti boʻlimida tahsil olish bilan bir vaqtda qadimiy [[Xuroson]] madrasasida islomiy bilimlar, shuningdek, oʻtmish [[falsafa]]sini oʻrgandi. Ustozlari Furoʻzonfar va Xonlariy daʼvatlari bilan u 1967 — yildan [[Tehron]] universiteti adabiyot fakultetida dars bera boshladi.

== Ijodi ==
Shafeʼiy Kadkaniy davrimizning yangi sheʼr va tamsiliy sheʼriyatning mashhur namoyandalaridan biridir. Uning anʼanaviy va yangi klassik shakldagi gʻazallardan iborat dastlabki sheʼriy toʻplami „Zamzamaho“ (1965)dan keyin, deyarli bu qolip (gʻazal)dan uzoqlashib, [[Nimo Yushij|Nimo]] sheʼriyatiga yuzlandi.
Yangi yoʻnalishdagi sheʼrlaridan tashkil topgan dastlabki „Shabxoniy“ sheʼriy majmuasida ham bayon uslubi va shakl jihatidan, ham fikriy qarashlarni ifodalash jihatidan Axavoni Solis sheʼriyati va uslubiga taqlid qilish va undan taʼsirlanish namoyondir. U keyinchalik Axavonning dabdabali, rivoyat ohangiga, tarixga moyil, arxaik bayonlardan uzoqlashib, sokin, ramziy, jonli, tavsiflovchi, yaʼni xurosoniy muloyim shakllarga yuzlanib, fikriy jihatdan ham oʻz sheʼrini [[Eron]]ning eng qadim madaniyatini, jamiyatdagi qarashlarni ifodalashga qaratdi. „Dar koʻchabogʻhoi Nishobur“ (1971) sheʼriy majmuasi Shafeʼiy sheʼriyatining avj nuqtalarini koʻrsatuvchi va oʻsha davrning „sheʼri muqovamat“ (qarshilik sheʼri) uslubida yozilgan eng yorqin namunasi boʻldi. Ushbu majmuada shoir eroncha lirik tafakkur, sodda til va ramziy bayon bilan omexta holda pok va serharakat tabiati bilan jamiyatga teran nazar tashlash, yangi bir moʻtadil estetik qarashga ega boʻlishga intilib, uning sheʼriyatining kamolotga yetganini namoyish eta oldi. Shafeʼiy sal oldinroq, yaʼni 1968 — yili „Az zaboni barg“ va keyinchalik 1977 — 78 — yillarda „Misli daraxt dar shabi boron“, „Az budan va surudan“ va „Boʻi joʻi Moʻliyon“ nomli toʻplamlarni nashr ettiradiki, hech biri ahamiyat jihatidan „Dar koʻchabogʻhoi Nishobur“ oʻrnini bosa olmaydi.
Hijriy-shamsiy 1352 yili Shafeʼiy Kadkaniy tadqiqot ishlari bilan [[Angliya]]ning [[Oksford universiteti]]ga boradi va u yerda „[[Shohnoma]]“dan dars bera boshlaydi. Keyinchalik [[Prinston universiteti]] taklifi bilan [[Amerika]]ga boradi. Ushbu universitetda u yetuk shoir [[Xoqoniy]]ning tafakkur va ash’ori borasida talabalarga dars beradi. Ushbu yillarda fors klassik adabiyotining irfoniy matnlari boʻlgan „Islomiy ramzlar“ va Shayx Attorning „Muxtornoma“sini hamda Mavlaviyning tanlangan gʻazallarini nashrga tayyorladi. Keyinchalik „Musiqii sheʼr“, „Advori sheʼri forsi“, „Az mashrutiyat to suquti saltanat“ va „Sheʼri muosiri arab“ nomli kitoblarni chop ettirdi.

== Manbalar ==
* [http://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/muhammadrizo-shafeiy-kadkaniy-sherlar.html Muhammadrizo Shafeʼiy Kadkaniy. Sheʼrlar. Shahzod Kenjaev tarjimalari]
* [http://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/muhammadrizo-shafeiy-kadkaniy-sherlar.html Muhammadrizo Shafeʼiy Kadkaniy. Sheʼrlar. Shahzod Kenjaev tarjimalari]



28-Yanvar 2017, 07:02 dagi koʻrinishi

Muhammadrizo Shofeʼi Kadkaniy
Tavalludi 12-oktyabr 1939-yil
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Janr yangi sheʼr, oq sheʼr

Muhammadrizo Shofeʼi Kadkaniy (t. 1939-yil, Tehron) — eronlik mashhur shoir, tarjimon va adabiyotshunos olim.

Havolalar