Andrej Kramarić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrej Kramarić
Andrej Kramaric 2.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-iyun 1991-yil (1991-06-19) (31 yosh)
Tavallud joyi Yugoslaviya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1899 Hoffenheim
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2009 Dinamo Zagreb

Andrej Kramićar (talaffuzi: Andrey Kramarich; 1991-yil 19-iyunda Yugoslaviyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, Germaniyaning „Hoffenheim“ futbol klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrej Kramićar olti yoshida „Dinamo“ futbol maktabida futbol oʻynay boshlagan[1]. „Dinamo“ futbol klubining bolalar va oʻsmirlar jamoalarida oʻynab, turli turnirlarda 450 dan ortiq gol urgan va bu yosh futbolchilar uchun klub rekordiga aylangan[2]. 2012-yilning fevralida Andrej Kramićar mavsum oxirigacha „Lokomotiv“ futbol klubiga ijaraga berilgan. „Lokomotiv“ futbol klubida u Janubi-Sharqiy Yevropaning eng malakali hujumchilaridan biriga aylangan va „Lokomotiv“ bilan o‘tkazgan bir yarim mavsumda 44 ta o‘yinda 20 ta gol urgan. „Lokomotiv“ futbol klubidagi birinchi toʻliq mavsumida u 15 ta gol bilan toʻpurarlari poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u oʻz jamoasiga Xorvatiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.

2015-yilning 8-yanvarida premer liganing „Leicester Cityi“ futbol klubi Andrej Kramićar bilan uch yarim yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrej Kramićar Xorvatiyaning turli yoshlar terma jamoalarida jami 53 marta maydonga tushgan va 22 ta gol urgan. U 2005-yilning 31-martida Bavariya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan. U oʻsha paytda 14 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan va jami ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Keyin Andrej Kramićar 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan toifalarda raqobatlasha boshlagan. U 16 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida oʻrtoqlik uchrashuvlarida jami yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urgan. 17 yoshgacha boʻlganlar uchun esa u 12 marta maydonga tushib, oltita gol urgan[3]. U, shuningdek, 2008-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarining barchasida ishtirok etgan. 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida Andrej Kramićar toʻqqiz marta maydonga tushgan va uchta gol urgan[4].

2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlgan jamoada oʻynashni boshlagan va u bilan 2010-yilgi EURO-19 futbol boʻyicha Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqgan[5]. U 2009-yilning 5-sentyabrida Norvegiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi birinchi golini urgan[6].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin    Gol
G. N. K. Dinamo Zagreb Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2009—2013 57 13
N. K. Lokomotiva Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2011—2013 51 24
H. N. K. Rijeka Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2013—2015 65 56
Leicester City F. C. Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2015—2016 20 4
TSG 1899 Hoffenheim Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2016 209 101

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tri nova bisera omladinske škole“ (Croatian). Dinamo Zagreb (17-iyun 2009-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2009-yil.
  2. „Kramarić je za Dinamo već zabio 450 golova!“ (Croatian). Jutarnji list (29-iyun 2009-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2009-yil.
  3. „Andrej Kramarić postigao pogodak u službenom debiju za reprezentaciju Hrvatske“. mojarijeka.hr. 10-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2014-yil.
  4. „Kramarić: Golom se zahvaljujem i izborniku Ladiću“. Dinamo Zagreb (7-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2009-yil.
  5. „Kramarić je igrao kao "Novi Eduardo", a Halilović pokazao da je klasa i egoist“. index.hr. 19-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-sentabr 2014-yil.
  6. „Statistike - Nastupi: Andrej Kramarić“. Croatian Football Federation. 19-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2010-yil.