Dominik Livaković

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dominik Livaković
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dominik Livaković
Tavallud sanasi 9-yanvar 1995-yil (1995-01-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Zadar, Xorvatiya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Zagreb
Raqami 40
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2012 Zadar
2012—2014 Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Zagreb 72 (0)
2015—0000 Dinamo Zagreb 179 (0)
2015—2016Zagreb (Ijara) 32 (0)
2016Dinamo Zagreb II 1 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Xorvatiya U15 3 (0)
2011 Xorvatiya U16 3 (0)
2011 Xorvatiya U17 6 (0)
2013—2014 Xorvatiya U19 6 (0)
2013 Xorvatiya U20 1 (0)
2014—2016 Xorvatiya U21 15 (0)
2017- Xorvatiya 33 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-sentyabr uchun)

Dominik Livaković (talaffuzi: Dominik Livakovich[1][2]) (1995-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zagrebning Prva HNL klubi Dinamo Zagreb va Xorvatiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livaković 2012/13-yilgi mavsum boshida NK Zagrebning asosiy oʻyinchisiga aylangan. Dastlab klubning ikkinchi darvozaboni sifatida asosan zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan, u 2012-yil 31-avgustda ligadagi debyutini oʻtkazgan[3]. Tez orada u klubning birinchi raqamli darvozaboniga aylangan va toʻrt mavsum davomida ligada jami 104 oʻyin oʻtkazgan.

2015-yil 30-avgustda u 2016/17-yilgi mavsum boshida Zagrebning Dinamo jamoasiga oʻtishga rozi boʻlgan. Livaković 2016-yilning 2-oktyabr kuni "Hajduk Split "ga qarshi oʻyinda chempionatdagi debyutini oʻtkazgan. 2016-yilning 18-oktyabr kuni Livaković UEFA Chempionlar ligasida ilk bor „Sevilya“ga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan.

2019-yil 30-iyul kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Saburtalo Tbilisi jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Livaković Drajen Ladichning 1995-yilda oʻrnatilgan „Dinamo“da mavsum boshidan gol oʻtkazmasdan eng koʻp daqiqa oʻtkazgan rekordini (413) yangilagan[4]. U mavsumdagi ilk golini uch kundan soʻng oʻtkazib yuborgan[5][6].

2020-yil 26-avgust kuni Chempionlar ligasi saralashida CFR Clujga qarshi oʻyinda Livaković Ciprian Deakning tepgan penaltisini qaytargan. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimga qadar davom etdi va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan, oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etgan. Livaković Katalin Golofkaning zarbasini qaytargan, „Dinamo“ 6:5 hisobida gʻalaba qozongan va uchinchi saralash bosqichiga yoʻl olgan[7]. 2020/21-yilgi Yevropa Ligasi guruh bosqichida Livaković beshta oʻyinda atigi bitta gol oʻtkazib yuborgan va „Dinamo“ni oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan[8][9]. U 22-oktabr kuni „Dinamo“ning " Feyenoord "ga (0:0) qarshi oʻyinida Stiven Berguisning penaltidan tepgan toʻpini qaytargan[10][11]. 2021-yil 18-mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 finalida „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda Livaković 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga va Yevropa Ligasining birinchi chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam bergan[12][13][14][15]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livaković Xorvatiya terma jamoasiga ilk bor 2016-yilning may oyida Moldovaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan[16]. U Xitoy kubogi-2017da Chiliga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yil may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan va oxir-oqibat jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning oxirgi roʻyhatga kiritilgan. Livaković musobaqada barcha oʻyinlarda maydonga tushgan va finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlganidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[17]. U 2018-yilning 12-oktyabr kuni Rijekadagi „Rujevitsa“ stadionida boʻlib oʻtgan Millatlar ligasining 2018/19 -yilgi mavsumida Angliyaga qarshi debyutini oʻtkazgan.

Lovre Kalinichning yomon oʻyinlaridan soʻng, Livaković 2019-yil 8-iyunda boʻlib oʻtgan Uelsga qarshi 3-turdan boshlab UEFA Yevro-2020 saralash musobaqasida Xorvatiyaning birinchi tanlangan darvozaboni boʻlgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zagreb 2012—2013 Prva HNL 23 0 1 0 24 0
2013—2014 Druga HNL 14 0 14 0
2014—2015 Prva HNL 35 0 1 0 36 0
Zagreb (Ijara) 2015—2016 32 0 3 0 35 0
Jami 104 0 5 0 109 0
Dinamo Zagreb II 2016—2017 Druga HNL 1 0 1 0
Dinamo Zagreb 2016—2017 Prva HNL 22 0 1 0 4 0 27 0
2017—2018 33 0 0 0 4 0 37 0
2018—2019 21 0 3 0 10 0 34 0
2019—2020 26 0 1 0 12 0 1 0 40 0
2020—2021 33 0 1 0 14 0 48 0
2021—2022 34 0 1 0 14 0 49 0
2022—2023 10 0 0 0 8 0 18 0
Jami 179 0 7 0 66 0 1 0 253 0
Karyerada jami 284 0 12 0 66 0 1 0 363 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 2017 1 0
2018 2 0
2019 6 0
2020 7 0
2021 12 0
2022 5 0
Jami 33 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

NK Zagreb

  • Druga HNL : 2013/2014

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL : 2017/2018, 2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022
  • Xorvatiya kubogi : 2017/2018, 2020/2021
  • Xorvatiya Superkubogi : 2019-yil

Xorvatiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dȍminik“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Dȍminik (Domìnik)“. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  2. „lijȇvī“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Liváković“. Qaraldi: 17-mart 2018-yil.
  3. „Zagreb vs Cibalia“. Soccerway. Qaraldi: 29-sentyabr 2014-yil.
  4. „Livaković postao novi klupski rekorder“ (hr-HR). GNK Dinamo (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2020-yil.
  5. Hina. „Dinamo slomio Goricu: Olmo zabio i asistirao, Lovrić matirao Livakovića“ (xorvatcha). Gol.hr (2-avgust 2019-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2020-yil.
  6. „Dinamo Zagreb 2019-20 - Forum - Sportnet.hr“ (xorvatcha). sportnet.rtl.hr (2-avgust 2019-yil). 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  7. Ničota. „Dinamovci s igračem manje izborili 3. pretkolo! Primili gol u nadoknadi, pa prošli na penale“ (hr-hr). Sportske novosti (26-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  8. „Livaković zaprepastio nogometne fanove: "Najbolji je vratar svijeta. Zapamtite to ime"“ (xorvatcha). Gol.hr (11-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  9. N. Z. L. „FUDBALSKA EVROPA U NEVERICI ZBOG OVOG POTEZA Golman Dinama od sinoć ima novi nadimak zbog ove ČUDESNE INTERVENCIJE! /VIDEO/“ (serbcha). Blic (11-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  10. Ničota. „Pet ključnih Dinamovih točaka na putu do europskog proljeća, sve je krenulo s Livakovićevim potezom“ (hr-hr). Sportske novosti (4-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  11. Tolić. „Livi, majstore! Pogledajte kako je skinuo četvrti penal u sezoni“ (xorvatcha). 24sata (22-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  12. Olivari. „Evo kako bi trebao izgledati Dinamo u lovu na povijest! Kapetan Ademi je spreman, genijalac u sredini...“ (hr-hr). Sportske novosti (15-aprel 2021-yil). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2021-yil.
  13. A. Čaušević. „Odbrana vrijednija od gola: Nestvarno šta je Livaković odbranio Kaneu!“ (bs). SportSport.ba (18-mart 2021-yil). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2021-yil.
  14. „Obrana o kojoj će se dugo pričati: Livaković je sjajnom paradom u produžetku spasio Dinamo“ (xorvatcha). Telesport (18-mart 2021-yil). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2021-yil.
  15. „Mourinho's sorry Spurs dumped out by Orsic hat-trick“ (inglizcha). Marca (18-mart 2021-yil). 2021-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2021-yil.
  16. „Croatia v Moldova“. skysports.com (27-may 2016-yil). Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  17. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists | Goal.com“.
  18. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 15-iyul 2018-yil.