Litvalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Litvalar (oʻzlarini letuvyay deb ataydilar) — xalq. Litva Respublikasining asosiy aholisi (2924 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiya (70 ming kishi), Latviya (34,6 ming kishi), AQShda (300 ming kishi), shuningdek, Kanada, Polsha, Janubiy Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Umumiy soni 3,45 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Litva tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — xristian-katoliklar. Litvalar etnogenezi, tili va madaniyati jihatdan latishlarga yaqin. Neman va Daugava daryolari ora-ligʻiga miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida kirib kelgan Boltiq boʻyi qabilalari mahalliy aholi bilan uygʻunlashib Litvalarning shakllanishiga asos boʻlgan. Ushbu qabilalardan litva elati tarkibiga toʻliq suratda Litvalar, yoxud aukshtaytlar, jyamaytlar, skalvlar va nadruvlar, shuningdek, sudavlarning bir qismi, kurshlar, zemgallar va sellarning jan. tarmogʻi, shim. prusslar (bartlar, notanglar, semblar)ning bir qismi kirgan. 9—12-asrlarda mulkchilik munosabatlari vujudga kelgan, asta-sekin litva elati shakllangan. Etnik uyushuv 13-asr 1-yarmida Litva davlatining barpo etilishiga imkon bergan. 13— 15-asrlarda litva elati uzil-kesil shakllangan.

Litvalarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, shuningdek, polizchilik, bogʻdorchilik, dengiz boʻylarida — baliqchilik. Milliy hunarmandchilik (toʻqimachilik, oʻymakorlik, kulolchilik) rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil