Noʻgʻaylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noҡgҡaylar

Ногайлар

Yusuf by Rockstuhl.jpg

Soyembika.jpg Urusov 2 Alexandr Petrovich.jpg

Umumiy aholi soni

120,000 yaqin

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya: 104,000
 Qozog`iston 17,263
 Oʻzbekiston 3,707
Tillar
No'g'ay tili
Rus tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Qoraqalpoqlar, Qozoqlar

Noʻgʻaylar, noʻgʻay (13-asrdagi Oltin Oʻrda xoni Noʻgʻay nomi bilan bogʻliq) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasi, Dogʻiston, Checheniston, Ingushiston Respublikalari hamda Qorachoy-Cherkasiya viloyatlarida yashaydilar (75,2 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Oʻzbekistonda juda ozchilikni tashkil etadi.

N.ning qora noʻgʻay (Dogʻiston), noʻgʻay yoki achiquloq (Stavropol oʻlkasi), oq noʻgʻay yoki kuban noʻgʻaylari (QorachoyCherkasiya) va astraxon noʻgʻaylari kabi etnik guruh^ari mavjud. Jan. Sibir (Turon) oʻtish irqiga mansub. Noʻgʻay tilipA soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar. N. ajdodlari Noʻgʻay tasarrufidagi hududlarda yashagan turkmoʻgʻul qabilalari hisoblanadi. Ular Uraldan to Dneprgacha, jumladan, Shim. Kavkaz, Quyi Volga, Krimda koʻchib yurganlar. Dashti Qipchoqsa qipchoqlar bilan aralashib turkiy tilni qabul qilishgan.

Oʻtmishdagi anʼanaviy mashgʻulotlari — koʻchmanchilik va yaylov chorvachiligi (qoʻy, echki, yirik shoxli mol), tuyachilik, otchilik, qisman dehqonchilik boʻlgan. Hunarmandchilikda movut tayyorlash, charm va qoʻy terisini qayta ishlash, kigiz bosish va undan chakmon, etik, bosh kiyimlarni tikish, ayniq-sa, keng rasm boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Gadjiyeva S. Sh., Materialnaya kultura nogaysev v XIX — nach. XX v., M., 1976; Gadjiyeva S. Sh ., Ocherki semi i braka u nogaysev v XIX — nach. XX v., M, 1979.

Ochil Boʻriyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil