Irkutsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IrkutskRossiya Federatsiyasi dagi shahar (1686 yildan), Irkutsk viloyati markazi. Angara daryosiga Irkut daryosi quyiladigan joyda. Baykal koʻlidan 66 km gʻarbda. Temir yoʻl stansiyasi, Angara daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 580 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). 1661 yilda vujudga kelgan. Angara daryosida Irkutsk GES qurilgan. Mashinasozlik sanoati rivojlangan (ogʻir mashinasozlik, stanoksozlik, aviatsiya, elektrotexnika zavodlari bor). Slyudaga ishlov berish fabrikasi (radio va elektr sanoati uchun detallar), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 4 teatr, memorial majmua, dirk, telemarkaz, planetariy, oʻlkashunoslik va badiiy muzey-dar ishlab turibdi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil