Pravoslav cherkovi
Pravoslav cherkovi (grekcha: Ἡ Ὀρθόδοξη Ἐκκλησία) — xristian cherkovi 3 asosiy oqimdan biri (katolik cherkovi va protestantizm bilan bir qatorda). Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395 yil), paydo buldi. P. ilohiyoti asoslari 9— 11-asrlarda Vizantiyada shakllangan. Xristian cherkovi katolik va pravoslaviye cherkoviga bulingandan keyin 1054-yil mustaqil cherkov sifatida uzil-kesil qaror topgan. Bu boʻlinishga gʻar-biy cherkovning papani barcha xristi-anlarning oliy boshligʻi deb hisoblashi, muqaddas ruhning ota-xudo va oʻgʻil-xudodan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi. P. taʼlimotiga "muqaddas uchlik" — xudoning ayni bir vaqtda ham yagona, ham uch xil koʻrinish (ota-xudo, oʻgʻil-xudo va muqaddas ruh)da namoyon boʻlishiga eʼti-qod qilish; insonni tugʻma gunohkor deb bilish; Isoning inson qiyofasiga ki-rib, uz ummatlarini gunoxdan xalos etish uchun oʻzini qurbon qilganini tan olish; oxiratga va unda qayta tirilishga ishonish va boshqa kiradi. P. bir necha avtokefal (mustaqil) cherkovlardan tashkil topgan. Eʼtiqod asosini Bibliya va Mukaddas rivoyatlar (birinchi 7 ta Ja-hon sobori qarorlari va 2—8-asrlardagi cherkov otalarining asarlari) tashkil kiladi. P. MDH mamlakatlarining baʼzilarida, Gretsiya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya, Kiprda, kichik jamoalari Su-riya, Livan, Isroil, MAP va boshqa mamla-katlarda tarqalgan. Pravoslavlarning umumiy soni 250 mln.ga yaqin.[1]
Avtokefal cherkovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Konstantinopol pravoslav cherkovi
- Aleksandriya pravoslav cherkovi
- Antioxiya pravoslav cherkovi
- Iyerusalim pravoslav cherkovi
- Rus pravoslav cherkovi
- Gruzin pravoslav cherkovi
- Serb pravoslav cherkovi
- Rumin pravoslav cherkovi
- Bolgar pravoslav cherkovi
- Kipr cherkovi
- Yunoniston cherkovi
- Albaniya pravoslav cherkovi
- Polsha pravoslav cherkovi
- Chexiya va Slovakiya pravoslav cherkovi
- (Amerikada pravoslav cherkovi)
- (Ukraina pravoslav cherkovi)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |