Janubiy Shetlend orollari
Janubiy Shetlend orollari — Atlantika okeanining janubidagi vulqon orollari. Janubiy Amerikaning janubida, Dreyk boʻgʻozida. 11 ta yirik va bir qancha mayda orol hamda qoyalardan iborat. Maydoni 4300 km². Yer yuzasi togʻlik, balandligi 2300 m gacha, koʻp qismi qor va muz bilan qoplangan. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki —10°. Mox va lishayniklar oʻsadi. Ross tyuleni, dengiz mushugi, dengiz fili bor. Doimiy aholisi yoʻq. Argentina, Buyuk Britaniya, Chili davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar joylashgan. Orol 1819-yilda ingliz dengizchi sayyohi U. Smit tomonidan kashf qilingan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |