Valparaíso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Porto de Valparaiso - Chile - by Sérgio Schmiegelow.jpg

Valparaíso (isp.—jannat vodiysi) — Chili markazidagi shahar. Akonkagua viloyati maʼmuriy markazi. Maydoni – 401.6 km2. Aholisi – 275982 kishi (2002).[1] Mamlakatning Tinch okean sohilidagi eng katta porti (import mollarining yarmidan koʻprogʻi, eksport tovarlarining ancha qismi V. orqali oʻtadi). Transkontinental (Buenos-Ayres — Santyago — V.) t. y.ning soʻnggi punkti, avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, toʻqimachilik, metallsozlik va yogʻochsozlik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sement, poligrafiya, kimyo sanoati rivojlangan. Neft haydash, choʻyan quyish va kema remonti zavodlari mavjud. Un-t, politexnika instituti, dengizchilik akademiyasi, muzey bor. Shaharda tez-tez yer qimirlab turadi. Chilining muhim harbiy dengiz bazasi. V.ga 1536 y.da asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]