Fentezi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Violet Fairy Book (1906)

Fentezi (inglizcha: fantasy — „fantaziya“) sehrli elementlarni qambrab olgan fantastik janrdir. Odatda, fantastik (xayoliy) olamda mavjud boʻlgan (baʼzida mifologiya va folklorlardan) ilhomlanadi. Uning ildizlari ogʻzaki anʼanalarga borib tarqaladi, keyinchalik fentezi adabiyot va dramaga aylandi. 20-asrdan boshlab, ushbu janr turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, film, televideniye, grafik romanlar, mangalar, animatsion filmlar va video oʻyinlarga ham tarqaldi.

Fentezi janri ilmiy fantastika va dahshatli janrlardan ilmiy va qoʻrqinchli mavzular yoʻqligi bilan farqlanadi, ammo bu janrlar bir-biriga oʻxshash janrlardir. Ommaviy madaniyatda, fentezi janri asosan Oʻrta asrlarga doir tabiat muhitini oʻz ichiga oladi. Keng maʼnoda esa fentezi janri qadimgi mif va afsonalardan tortib, koʻplab yozuvchilar, musavvirlar, kinoijodkorlar va musiqachilar asarlarini oʻz ichiga oladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]