Qoʻshiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Q.lar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Q.lar ajratiladi. Q. kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. Q.ning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Q.ning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Q.lari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy Q. shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Q.lar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Q., 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Q.lari va boshqa professional Q.ning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning Q. sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda Q. — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek Q.larida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek Qlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Q.lar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Q.larda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq Q.ning* yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Q.larda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

20-asr oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Q.lar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va boshqa, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F. Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye.Shvars, Il.^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonul-layeva, A.Rasulov va boshqalar Q. jan-rida salmoqli ijod qilgan.

Ad.:Alaviya M., Oʻzbek xalqqoʻshiqpari, T., 1959; Karomatov F., Oʻzbek xalqi musiqa merosi, 1-kitob (qoʻshiq), T., 1978. Olim Bekov, Oqil Ibrohimov.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]