Ariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ariya (ital. aria) –opera, oratoriya-yoki kantatapat tugallangan lavha. Odatda orkestr jo‘rligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qo‘shiq va romansga nisbatan birmuncha murak-kab, ko‘p qismdan tuzilgan. Badiiy vazi-fasi – opera qahramonining ruhiy kechinmalari va intilishini ochib berish. Shu bois keng ohangdorligi bilan ajralib turadi. Ko‘pincha, orkestr muqaddimasi bilan boshlanadi, ba’zan undan oldin rechitativ keladi. Ariyetta, ariozo, kavati-na, kabaletta va boshqa A. turiga mansub. Ba’zan tabiatan kuychan cholg‘u asarlar ham A. deb ataladi (I. S. Bax A.lari).O‘zbekiston kompozitorlari turli A.larni, asosan opera, musiqali dra-ma va komediya hamda oratoriya janrlarida (ayrim o‘rinlarda cholg‘u A.larni) qo‘llashadi. Ilk o‘zbek musiqali dramalari ("Layli va Majnun", "Farhod va Shirin") va ular zaminida yaratilgan shu nomdagi operalarga maqom (ba’zan ashu-la va katta ashula)larga asoslangan A.lar kiritilgan.Ad.: Gafurbekov T., Makomi v oʻzbek-skoy muzikalnoy drame i opere. – Pro-fessionalnaya muzika ustnoy traditsii narodov Blijnego, Srednego Vostoka i sovremennost, T., 1981; Pekker Ya, Uz-bekskaya opera, M, 1984.To‘xtasin Gafurbekov. 2367941

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil