Detektiv film

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Detektiv film (ing . detective  — izquvar; lotin. detego — ochmoq, fosh qilmoq) — chigal, jinoiy va davlatga qarshi ishlarning fosh etilishi haqida hikoya qiluvchi kino sanʼati asari.

Dastlabki detektiv filmlardan biri „Bir jinoyat tarixi“ (rejissyor Ferdinand Zekka, 1901). Bu janr asoschisi fransuz rejissyor V. Jasse 1908—09 yillarda izquvar Nik Karter haqida film-serial ishlagan. 1913—14 yillarda Fransiyada „Fantomas“ (5 seriyalik, rejissyor Lui Fyoyad) filmi ekranga chiqdi.

1930-yillar komediya va chuqur psixologik talqinli detektiv filmlar paydo boʻldi. Bu janrning uzluksiz rivoji 40-yillardan boshlandi:

Detektiv film, shuningdek, „josuslik“ filmlari hamda trillerlarni ham oʻz ichiga oladi.

Mashhur detektiv filmlar:

  • „Soʻnggi patron“ (Ruminiya),
  • „Oltin tish“ (Bolgariya),
  • „Jinoyat joyi — Berlin“ (Germaniya),
  • „Garovga tikilgan hayot“ (Polsha),
  • „Oʻlik mavsum“ (Rossiya)

Oʻzbek detektiv filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻlim qudugʻi“ (1933, ssenariychi va rejissyor N. Klalo) birinchi oʻzbek detektiv filmidir.

Eng yaxshi oʻzbek detektiv filmlari:

  • „Falokat oyoq ostida“,
  • „Ehtiyot boʻling! Ilon!“ (rejissyor Zohid Sobitov),
  • „Oltin teri“ (M. Ogʻamirzayev),
  • „Parol— Regina mehmonxonasi“ (Yoʻldosh Aʼzamov, Z. Royzman),
  • „Haqiqatgoʻylikning achchiq mevasi“ (Z. Royzman),
  • „Karaxtlik“ (E. Eshmuhamedov).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil