Muhammadali Gʻiyosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadali Gʻiyosov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhammadali Gʻiyosov
Tavallud sanasi 30-avgust 2002-yil (2002-08-30) (21 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston
Boʻyi 175 cm (5 ft 9 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qizilqum
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2020 Buxoro 7 (1)
2021—2022   Olimpik 38 (5)
2023 Olimpik 8 (0)
2023—   Qizilqum 12 (4)
Milliy terma jamoa
2022— Oʻzbekiston U-23 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Muhammadali Gʻiyosov (ruscha: Гиёсов, Мухаммадали; 30-avgust 2002-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Navoiyning „Qizilqum“ jamoasida ijara asosida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadali faoliyatini 2019-yilda „Buxoro“ jamoasida boshlagan[1]. 2020-yilgi mavsumda ilk bor asosiy tarkibda debyut qilgan[2]. 2021-yilgi mavsumda Toshkentda yangi tashkil etilgan, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining bazasi hisoblangan „Olimpik“ jamoasiga ikki yilga ijaraga berilgan[3]. Ikki yil davomida „Olimpik“ jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va 2023-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, Olimpik jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2023-yilgi mavsumda Muhammadali oʻyin sifatida pasayish sababli[4] yozgi transfer oynasida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasiga ijaraga berilgan[5]. „Qizilqum“ jamoasi tarkibida 13 ta oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan[6][7].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]