Ayova
| |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
![]() | |||||
Poytaxt | Des Moines | ||||
Eng yirik shaharlar | Des Moines Cedar Rapids Davenport | ||||
Maydon - Butun |
AQSh: 26-oʻrinda 145,743 km² | ||||
Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 30-oʻrinda 2,966,334 | ||||
YShM |
AQSh: 29-oʻrinda $111,114 mil. | ||||
Ittifoqqa kirish - Sana |
29-boʻlib 28 dekabr 1846 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
Qisqartma | IN [18] | ||||
Shtat guli | Wild Prairie Rose | ||||
Shtat daraxti | Oak (Quercus) |
Ayova – AQShning O‘rta G‘arbidagi shtat. Maydoni 146 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Ma’muriy markazi – De-Moyn shahri "Makkajo‘xori mintaqasi"ning markazi. Ayova mahsuloti qiymatiga ko‘ra AQShda (Kaliforniyadan so‘ng) 2-o‘rinda turadi. Tabiiy sha-roiti qulay. Missisipi va Missuri daryolarining pastroq (400–500 m) te-kis suvayirg‘ichida joylashgan. Partov yerlar kam. Iqlimi mo‘’tadil kontinental, yog‘inning yarmidan ko‘prog‘i (yiliga 700–1000 mm) ko‘klam-yoz oylarida yog‘adi, tuproqlari unumdor qora-tuproq va qoramtir tuproq. Ayova rivojlangan. Shtat hududining 70% ekinzor, 11% yaylov, 7% ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ekin maydonining ko‘p qismi yem-xashak ekinlari: makkajo‘xori (48-50%), suli (25-26%), o‘tlar (15–16%) bilan band. Loviya ko‘p ekiladi. Ayova tovar mahsuloti qiymatining 80% chorvachiliqsan kela-di; qoramol, cho‘chqa bo‘rdoqiga boqiladi. Ayova yaxshi mexanizatsiyalashgan. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari va bir oz ko‘mir qazib chiqariladi. Ish-lab beruvchi sanoat tarmoqlaridan, asosan, oziq-ovqat sanoati, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinalari va inventarlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ayovada bir qancha harbiy sanoat korxonalari qurildi (Davenport, Dubyuk va boshqa portlarda). Missisipi va Missuri daryolarida kema qatnaydi. Transport yo‘llari yaxshi rivojlangan. Ayovada makkajo‘xori seleksiyasi tadqiqot instituti bor.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |