Hind qoploni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind qoploni
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Urugʻ: Panteralar
dfgbgv
Turlari: Qoplon
Binar nomi
Panthera pardus fusca
(fbdf)

Hind qoploni (lotincha: Panthera pardus fusca) – Hindiston yarimorolida yashovchi qoplonning kenja turi. Tur yashash joylarining yoʻqolib borishi, parchalanishi va brakonerlik tufayli IUCN Qizil roʻyxatida zaif turlar roʻyxatiga kiritilgan[1].

Hind qoplonlari Hindiston yarim orolida yashaydigan eng katta mushuklardan biridir.

2014-yilda Hindistonda qoplonlarni roʻyxatga olish oʻtkazilgan, oʻrganilgan hududlarda taxminan 7,900 ta va butun mamlakat boʻylab taxminan 12,000 dan 14,000 ta gacha leopard roʻyxatga olingan[2].

Umumiy xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hind qoplonining oyoq-qoʻllari kuchli, dumi uzun, quloqlari qisqa. Tumshugʻi keng va koʻzlari sargʻish-kulrang.

Hind qoplonlari brakonerlik va noqonuniy savdo kabi holatlar nastijasoda yoʻqolib bormoqda. Shuningdek, yashash hududlari yoʻqolish va parchalanish xavfi ostidadir.

Oʻlchamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkak hind qoplonlarining tana uzunligi 127-142 sm, dumining uzunligi 76-91 sm, vazni esa 50-77 kg. Urgʻochilari kichikroq, oʻlchami 104-117 sm, dum uzunligi 76-88 sm, vazni esa 29-34 kg ni tashkil etadi.

Yashash hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nagarahol milliy bogʻidagi qoplon

Hind qoplonlari Hindiston, Nepal, Butan va Pokistonning ayrim hududlarida keng tarqalgan. Vaqti-vaqti bilan qoplonlar Bangladeshga, Silxet oʻrmonlarida uchraydi. ammo u yerda yashashga yaroqli populyatsiyalar uchramaydi. Qoplonlar ham tropik, ham moʻtadil oʻrmonlarda va hatto shimoliy ignabargli oʻrmonlarda yashaydi.

Hind qoplonlari tarqalish hududining tabiiy chegaralari gʻarbda Hind daryosi, shimolda Himolay, Ganga daryosi deltasi va sharqda Braxmaputra daryosining quyi oqimi bilan chegaralanadi.

Hindiston, Xitoy va Nepal oʻrtasidagi qoplon terisi va tana qismlari savdosi populyatsiya uchun katta xavf tugʻdirmoqda.

Hindistondagi soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yildagi roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Hindistonda 7910 ta qoplon mavjud. Mamlakat boʻylab 12 000 dan 14 000 gacha qoplon yashashi taxmin qilingan[2]. 2020-yil holatiga koʻra, Hindistondagi yoʻlbarslar yashaydigan oʻrmon hududlarida qoplonlar soni 12.172-13.535 tani tashkil qilgan[3].

Hindiston shtatlari boʻyicha leopard populyatsiyasi
Shtatlar Leopardlar soni (2015)
Andxra-Pradesh 343
Bixar 98
Chxattisgarx 846
Goa 86
Gudjarat 1395
Djarkxand 46
Karnataka 1783
Kerala 650
Madxya-Pradesh 3421
Maxarashtra 1690
Odisha 760
Tamilnad 868
Uttar-Pradesh 316
Uttarakxand 839

Xulq-atvori va ekologik holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoplon oʻljasi bilan

Qoplon tungi hayvon, kunduzi esa asosan daraxtlarda dam oladi[4]. Daraxtlarda yaxshi yuguradi. Quruqlikda hind qoploni 58 km/soatdan yuqori tezlikka erisha oladi, 6 m uzunlikka, 3 m balandlikka sakray oladi[5]. Qoplon miyovlashi, xirillashi va boʻkirishi mumkin.

Erkaklar taxminan 48 km², urgʻochilari esa 17 km² hududni egallaydi.

Hind qoplonining ozuqalariga: eksa, hind sambari, nilgay, yovvoyi choʻchqa, gulman, qora boʻyinli quyon, hind tovusi kabilarni kiritish mumkin.

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estrus sikli 46 kun, estrus 6-7 kun davom etadi, homiladorlik 90-105 kun davom etadi. 2 ta dan 4 ta gacha bolalaydi[6]. Urgʻochilar oʻzlari yasagan uyada bolalaydilar. Bolalari tugʻilgandan keyin toʻrt-toʻqqiz kun ochilgan koʻzlari yopiq holda tugʻiladi.

Yosh qoplonlarning moʻynasi kattalarnikiga qaraganda uzun va qalinroq, rangi och va dogʻlari kulrang boi’ladi. Uch oyligida mushukchalar onalari bilan ov qilishni boshlaydilar. Bir yoshda oʻzlari ov qiila boshlaydi, ammo 18-24 oygacha onasi bilan birga yashaydilar.

Qoplon 12-19 yilgacha yashashi mumkin[7].

Qoplonga boʻlgan tahdid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hind qoplonlari uchun eng katta tahdid brakonerlik va noqonuniy savdodir. Ular, shuningdek, yashash joylarini yoʻqotish va parchalanish xavfi ostida.

Brakonerlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston, Xitoy va Nepal oʻrtasidagi leopard terilari va tana qismlari savdosi aholi uchun katta xavf tugʻdirmoqda.

Nepalda har yili 40 dan ortiq leopard oʻldiriladi, 2002-yildan 2008-yilgacha 243 ta leopard oʻldirilgan[8][9].

Xitoy va Tibetda har yili 130 ga yaqin leopard oʻldiriladi, 1999-yildan 2005-yilgacha 774 dan ortiq leopard oʻldirilgan[8][9].

Saqlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daraxt ustidagi leopard

Panthera pardus CITES I ilovasida keltirilgan. Hind qoplonlari Hindiston, Butan va Nepalda himoyasiz hisoblanadi, ammo Pokistonda xavf ostida.

Hindistonda bir nechta qoplonlarni asrash markazlari mavjud, masalan, Junnardagi Manikdoh Qoplon Qutqaruv Markazi[10], ammo bundan-da koʻproq qutqaruv va reabilitatsiya markazlari tashkil qilish rejalashtirilgan[11].

Odamlarga hujum qilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoplonlarning insonlarga hujumi hudud va davrga qarab farqlanadi. Hind qoploni populyatsiyasining aksariyati Hindiston va Nepalda yashaydi. Insonlarga qilingan hujumlar faqat shu mamlakatlarda muntazam ravishda qayd etiladi[12].

1920-yillarda Shimoliy Hindistonda, Rudraprayag tumanida qoplon 8 yil ichida 125 kishini oʻldirgan. U butun dunyoga mashhur boʻlib, hozircha ovchilarning barcha hiylalarini chetlab oʻtgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Stein, A.B.; Athreya, V.; Gerngross, P.; Balme, G.; Henschel, P.; Karanth, U.; Miquelle, D.; Rostro, S. (2016). "Panthera pardus". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T15954A102421779. https://www.iucnredlist.org/species/15954/102421779. 
  2. 2,0 2,1 Amit Bhattacharya / TNN / Updated: Sep 7, 2015, 08:58 Ist. „Finally, India gets a count of its leopard numbers: 12,000-14,000 - Times of India“ (en). The Times of India. 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  3. Jhala, Y.V.; Qureshi, Q.; Yadav, S.P. (2020). Status of leopards in India, 2018. Technical Report TR/2020/16 (Report). New Delhi and Dehradun: National Tiger Conservation Authority, Government of India and Wildlife Institute of India. 
  4. Jerdon, T. C. (1874).
  5. „Animal bytes – Panthera pardus. Sea World. 2008-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  6. Eaton, R. L. (1977).
  7. „Leopard (Panthera pardus); Physical characteristics and distribution“. Comparative Mammalian Brain Collections. 2011-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  8. 8,0 8,1 Banks, D., Lawson, S., Wright, B. (eds.) (2006).
  9. 9,0 9,1 Banks, D. (2004).
  10. „Manikdoh Leopard rescue centre to get facelift“ (2013). 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  11. „Kanpur zoo to propose leopard rescue centre - Times of India“. The Times of India. 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  12. Maskey, T. M.; Bauer, J.; Cosgriff, K. (2001). Village children, leopards and conservation. Patterns of loss of human live through leopards (Panthera pardus) in Nepal (Report). Kathmandu, Nepal: Department of National Parks and Wildlife Conservation/Sustainable Tourism CRC. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]