Chhattisgarh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chhattisgarh - Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 135 ming km². Aholisi 21 mln. kishi (2001).

Maʼmuriy markazi — Raypur shahri Shtat sharqda Jarkxand va Orissa, gʻarbda MadhyaPradesh va Maharashtra, shim. da UttarPradesh shtatlari bilan chegaradosh. Shtat 2000-yil 1-noyabrda tashkil etilgan.

CH. — agrar shtat. Aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Maydonining 43% ishlanadi. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkaklilar ekiladi, zaytunzorlar bor. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. Shtat hududining 44% oʻrmon. Shtatning muhim tabiiy resursi — oʻrmon mahsulotlari. Metallurgiya sanoati, poʻlat quyish va sement zdlari, mashinasozlik, oziqovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa ishlab chiqariladi. Alyuminiy, konchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqariladigan temir yoʻl platformalarining 100%, sementning 20% Ch.ga toʻgʻri keladi. Temir, marganets, oltin va boksit rudalari qazib olinadi. Shuningdek, olmos, berill, ametist (safsar), aleksandrit va boshqa qimmatbaxr toshlar konlari topilgan.