Kontent qismiga oʻtish

Urugʻ (zoologiya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
HayotDomenDunyoTipSinfTurkumOilaUrugʻTur

Urugʻ yoki avlod (lotincha: genus) zoologiyada — turdan yuqori taksonomik kategoriya, filogenetik jihatdan oʻzaro qarindosh turlarni birlashtiradi. Masalan, boʻrilarning oʻzaro oʻxshash turlari (boʻri, chiyaboʻri, koyot, it va boshqalar) boʻrilar urugʻiga; tulkilarning oddiy tulki, korsak, afgʻon tulkisi va boshqa turlari tulkilar urugʻiga birlashtiriladi. Bitta urugʻga bitta yoki bir nechtadan bir necha yuztagacha tur kirishi mumkin. Masalan, yenotsimonlar urugʻi, bitta tur yenotsimon it, ayrim hasharotlar urugʻi mingga yaqin turdan iborat. Odatda, koʻp turga ega boʻlgan urugʻ kenja urugʻga ajratiladi. Yaqin urugʻlar bitta oilaga (qarang Oila) birlashtiriladi. Lekin urugʻ bilan oila oʻrtasida yana kenja oila (oiladan kichik taksonomik kategoriya) ham boʻlishi mumkin.

Botanikada urugʻ tushunchasiga mos keladigan taksonomik kategoriya turkum deb ataladi.