Maharashtra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maharashtra — Hindistondagi shtat. Hindiston ya.o.ning shim.-gʻarbiy qismida. Maydoni 308 ming km². Aholisi 97 mln. kishi (2001), aksari maratxdar. Aholisining 80% hindu diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Mumbay (Bombay) shahri M.ning yer yuzasi togʻlik, sohili kambar pasttekislik. Iqlimi mussonli, sohilida issiq va sernam, ichki r-nlarida quruq iqlim. Dekan yassitogʻligida unumdor qoratuproqyaar uchraydi. M.da foydali qazilmalardan marganets, temir rudalari, xromit, ohaktosh va koʻmir qazib olinadi. Shtatning jan.-gʻarbida boksit konlari bor.

M. toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar milod boshlariga oid. M. hududi qadimda Chaluklar, Bahmaniylar, Ahmadnagar va boshqa mayda davlatlar tarkibvda boʻlgan. 17-asrning 60—70-yillarida maratxlar davlati tuzilgan. 18-asrda u mayda hokimliklarga boʻlinib ketgan. 19-asr boshida bu hokimliklarni OstIndiya kompaniyasi bosib olgan. 1950 yilgacha M.ning koʻp qismi Bombay viloyati, 1950 yildan Bombay shtati tarkibida boʻlgan. 1960 yilda M. alohida shtat qilib ajratilgan.

M. — Hindistonning eng rivojlangan shtatlaridan. Aholisining 61% qishloq xoʻjaligida band. Shtat paxta (Hindistonda yetishtiriladigan paxta hosilining 1/5 qismi) va yer yongʻoq hosili olishda mamlakatda 1-oʻrinda. Ekin maydonining koʻp qismiga jovar, bugʻdoy, sholi va boshqa donli ekinlar ekiladi. Shakarqamish ekish kengaymoqda. Ishlanadigan yerlarning 8% sugʻoriladi. Shtat gʻarbidagi 1,5 mln. ga yerda bogʻdorchilik (banan, mango, papayi, kesh yongʻogʻi va boshqa yetishtirishga ixtisoslashgan) qilinadi.

M.da mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Shtat daromadining 25% sanoatdan keladi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — ip gazlama sanoati (mamlakatda ishlab chiqarilayotgan kalava ipning 25%, gazlamaning 33%). Toʻqimachilik sanoatining eng yirik markazi — Mumbay shahri Shuningdek, shoyi toʻqish (sunʼiy tola ishlab chiqarish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda), oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy, un tortish va boshqalar), tamaki va qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Mashinasozlik (stanoksozlik, elektr mashinasozligi, avtomobilsozlik), kimyo (boʻyoqlar, sunʼiy tola, doridarmon va boshqalar) va neft kimyosi sanoati korxonalari bor. Yangi sanoat tarmoqlari, asosan, Mumbay — Txana — Puna sanoat zonasida toʻplangan. Nagpur, Shalapur kabi sanoat markazlari ham mavjud.

Mumbay porti orqali Hindiston importining 1/2 qismi oʻtadi. Shtatda yana 48 port ishlab turibdi. 24 aeroport bor. Transport yoʻli uzunligi 5396 km. Shtat elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha 1-oʻrinda, Tarapurda Hindistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilgan. Shtatda 13 oliy oʻquv muassasasi bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil