Brahmaputra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Brahmaputra, Bramaputra - Jan. Osiyoda, Xitoy (Tibetdagi nomi Sangpo), Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uz. 2900 km, havzasining maydoni 935 ming km². Tibet togʻligining jan.sharqida, 4800 m ga yaqin balandlikda Ladakh tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Jan. Tibetdagi kenglik boʻylab choʻzilgan chuqur tektonik choʻkmadan oqib oʻtadi. Soʻngra jan.ga keskin burilib, Himolay va Hindixitoy togʻlari orasidagi ulkan eroziya darasidan oʻtgach, HindGang tekisligiga chiqadi. Bengaliya qoʻltigʻiga quyilish oldida Gang daryosi bilan qoʻshilib, katta (maydoni 80 ming km²) delta hosil kidali. Asosan qor va yomgʻirdan suv oladi. Yezda musson yomgʻirlari va Himolay togʻlaridagi erigan qor suvlari hisobiga toʻlib oqib, quyi oqimida suv sathi 10–12 m koʻtariladi. Qishda suvi ancha kamayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12 ming m³/sek. Yozda 15 ming m³/sek., qishda 4 ming m³/sek. Gidroenergetika resursi nihoyatda katta (60 mln. kVt). B.ning quyilish yeridan Dibrugarh shahrigacha (1290 km) kema qatnaydi. Sugʻorishda keng foydalaniladi. B. sohilida Shigadze (Xitoy), Gauxati (Xindiston) va boshqa shaharlar joylashgan. BRAHMI — qad. boʻgʻinli hind yozuvlaridai biri. Miloddan avvalgi 3-asrda yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy (Myanma (Birma), Shri Lanka va boshqalar) dagi hozirgi koʻpgina yozuvlarga asos boʻlgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar boʻlib, shoh Ashok (miloddan avvalgi 272—232) davriga mansub. Bularning koʻpchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga oʻyib bitilgan. B.ning kelib chiqishi aniqlanmagan; yozuvning yuzaga kelishiga finikiya yozuvi (nemis olimlari A. Veber, T. Byuler va boshqa fikricha), shuningdek oromiy hamda jan. arab yozuvlari taʼsir etgan, degan taxminlar mavjud. Bundan tashkari, B. bilan hozircha oʻqishga muvaffaq boʻlinmagan koʻhna hind yozuvini (MoxenjoDaro, miloddan avvalgi 3—2-ming y.) bogʻlashga harakat qilinadi (hind olimlari — Ye. Shamashatri, S. K. Chatterji va boshqalar). B. alifbosi 31 boʻgʻin belgi (undosh va "a" unli)dan iborat. Bulardan tashqari, 4 ta unlilarni bildiruvchi belgi va yana alohida belgi (anus vara) qabul qilingan, keyingisi artikulyatsiya oʻrniga koʻra turkiy tildagi "ng" kabidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil