Chang (cholgʻu asbobi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chang — koʻp torli tirnama cholgʻu asbobi. Oʻzbekistonda ishlatiladigan zamonaviy chang turi trapetsiya shaklidadir. Chang tayoqchalar bilan urib chalinadi. Koʻpchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor.

Qadimgi chang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Changdan qadimda va Oʻrta asr Sharq (Ossuriya, Misr, Shimomliy Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qoʻllanilgan. Hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan 17-asrgacha qoʻllanilgan. Oʻrta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda boʻlib, unga 13 va undan ortiq torlar oʻrnatilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda changdan oʻzbek, tojik, uygʻur xalqlari keng foydalanadi. Oʻzbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi turi trapetsiya shakldagi tovushxonaga ega. Tovushqator asosoini 14 sim tashkil etadi. Shu simlarning 13 tasi uchtadan boʻlib, bitta eng yoʻgʻon sim yakkadir. Shu asnoda torlaning umumiy soni 40 taga yetadi. Sim torlari 2 xarak vositasida 2 guruhga boʻlinadi: oʻng xarak ustidan oʻtkazilgan simlar past registrda, chap xarak ustidan oʻtkazilganlari 1 va 1,5 oktava yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Changning diapazoni kattadir: katta oktava „lya-bemol“ dan ikkinchi oktava "mi-bemol" gacha yetadi.

Chang bambukdan ishlangan ikki choʻp yordamida urib chalinadi. 1930-yillarda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi (prima, tenor, bas). Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholgʻu sifatida keng tarqalgan.

Taniqli oʻzbek changchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda chang ijrochilaridan Matyusuf va Fozil Xarratovlar, Roʻzimatxon Isaboyev, Faxriddin Sodiqov, Baxtiyor Aliyev, Tilash Xoʻjamberdiyev, Temur Mahmudov, Ahmad Odilov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar T. Otaboyev, F. Shukurova, T. Sobirov va boshqalar tanilgan.

Boshqa xalqlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santur

Koʻpchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Fors mamlakatlarida tarqalgan turi santur deb nomlanadi. Changning chang-tenor, chang-bas turlari ham yatarilgan. Turli mamlakatlarda uchraydigan changsimon asobolar quyidagilardir:

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]