Roʻzimatxon Isaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Roʻzimatxon Isaboyev (1885 — Namangan — 1963.3.11) — sozanda (tanbur, gʻijjak, chang), cholgʻu asboblar ustasi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1940). Fargʻona vodiysida Jalolxon hofizdan tanbur, gʻijjak chalish va cholgʻu asboblar yasashni, Ramazon oxundan chang chalish, Buxoroda Ota Jalol Nosirovdan Shashmaqomning ayrim yoʻllarini, Samarqandda Hoji Abdu-laziz Abdurasulovdan "Samarkand Ushshogʻi", "Guluzorim", "Karimqul-begi"ni oʻzlashtirgan. 20-yillargacha temirchilik va sozandalik bilan shugʻullangan. Namanganda xalq sozandalari ansambli (1921—25) hamda Andijon (1925-27), Namangan (1928—31)da musiqa toʻgaraklari va Namangan teatri (1931—52)da musiqa rahbari. Namangan musiqa maktabi (keyinchalik bilim yurti) xalq cholgʻu asboblari boʻlimida pedagog (1947—63). Namanganda qoʻyilgan "Halima" (F. Zafariy, 1923), "Farqod va Shirin", "Layli va Majnun" (Hurshid, 1934, 1935) va b. spektakllarga xalq kuylaridan tanlagan. "Kurash", "Choʻli Iroq", "Qoʻqon Ushshogʻi", "Shahnozi Gulyor" kuylarini mahorat bilan ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil