Trapetsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trapetsiya (yunoncha trapezion — stolcha yoki xontaxta) degan maʼnoni bildiradi. Ikki tomoni parallel,qolgan ikki tomoni parallel boʻlmagan qovariq toʻrtburchak trapetsiya deyiladi.

Trapetsiya 3 turga boʻlinadi: trapetsiya yoki ixtiyoriy trapetsiya; toʻgʻri burchakli trapetsiya; teng yonli trapetsiya.

Trapetsiyaning parallel boʻlgan tomonlari uning asoslari, parallel boʻlmagan tomonlari esa yon tomonlari deyiladi.

Teng yonli trapetsiyada yon tomonlar oʻzaro teng boʻladi. Tepa qismi kichik asos, pastda turgani katta asos deyiladi.

Trapetsiya yon tomonlar oʻrtalarini tutashtiruvchi kesma trapetsiyaning oʻrta chizigʻi deyiladi. U asoslariga parallel va asoslari yigʻindisining yarmiga teng boʻladi.

Trapetsiyaning oʻtmas burchagi uchidan katta, asosiga perpendikulyar tushirilgan kesma uning balandligi deyiladi. Yoki trapetsiyaning asoslari orasidagi masofa deyish mumkin.