Baxtiyor Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Baxtiyor Toshkentboyevich Aliyev (26-may 1938 Toshkent) – changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini (1955), Toshkent davlat madaniyat institutini (1995) tugatgan. O‘zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli (1955), "Bahor" ansambli (1956 yildan) sozandasi, musiqa rahbari (1965–88 va 1992 yildan). Aliyev repertuaridan o‘zbek musiqa merosi namunalari ("Bayot I, III, V", "Soqiynomai savti kalon" va boshqalar) o‘rin olgan. Bastakor sifatida 400 dan ortiq raqs va ko‘shiklar – "Toshkent go‘zali", "Guldasta", "Qirq qiz", "Ona madhi" (B. Brovsin bilan), "Baxt qushi", "Oq oltin" (N. Zokirov bilan), "Badaxshon qizi", "Dil nolasi", "Bahor nashidasi", "Mukarra-maxonim o‘ynasa" va boshqa, shuningdek "Chang uchun rapsodiya" muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil