Neva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neva (fincha neva — botqoqlik) — RF Leningrad viloyatidagi dare. Uz. 74 km, eni 1300 m gacha, havzasining maydoni (Ladoga, Onega koʻllari va boshqalarning xavzasi bilan birga) 281 ming km². N. havzasining oʻzi 5000 km². Ladoga koʻlidan boshlanib, Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻining Neva qoʻltiqchasiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi dare quyilish joyida 2530 m³/sek. Jan.-gʻarbiy va gʻarbiy shamollar Fin qoʻltigʻi va N.ning quyi oqimidan suvni haydaydi, natijada suv sat-hi koʻtariladi va ayrim vaqtlarda Sankt-Peterburgda suv toshadi. Dek.da muzlab, aprel oxiri — may boshlarida muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: oʻngdan — Oxta; chapdan — Ijora, Tosna, M ga. N.da kema qatnaydi: N. Volga—Boltiq suv yoʻlining bir qismi hisoblanadi. N.ning deltasidagi 42 ta orolda SanktPeterburg shahri joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil