Boʻston (shaharcha)
Qiyofa
Boʻston | |
---|---|
shahar | |
40°41′0″N 71°55′0″E / 40.68333°N 71.91667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Boʻston (tuman) |
Aholisi (1989) |
9 294[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 60 |
|
Boʻston — Andijon viloyatidagi shaharcha (1983-yildan). Boʻston tumani (sobiq Boʻz tumani)ning markazi. Aholisi 70,3 ming kishi (2019). B. qadimgi qishloqlardan boʻlib, 1950-yilgacha Nasriddinbek deb atalgan. B.da 2 sanoat korxonasi ("Sabo tex" MCHJ toʻqimachilik zavodi (yengil sanoat) va „Rash milk“ brendi ostida „Evro Ekfin“ MCHJ sutni qayta ishlash zavodi (oziq-ovqat sanoati), elektr va pochta aloqasi korxonalari, 3 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, 2 kurilish taʼmirlash va yoʻl taʼmirlash boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, hunar litseyi, madaniyat saroyi, bolalar kutubxonasi, stadion, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 365 oʻrinli kasalxona, poliklinika bor.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Перепись-1989
- ↑ "Boʻston (shaharcha)" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |