Ruqiya begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruqiya begim (15-asr) — temuriy malikalardan. Shohruxning oʻgʻli Ibroxim Mirzoning xotini. Ularning nikohidan 3 oʻgʻil farzand: Sulton Abu Ishoq Mirzo (1419—27), Ismoil Mirzo (1423 — 32), Abdullo Mirzo (1433—51) dunyoga kelgan. Ruqiya begim Eri vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan Abdullo Mirzo yosh boʻlgani tufayli otabek Shamsuddin Sheroziy bilan birga davlatni idora etgan. RUH (arab. — jon) — gʻayrimoddiy asosni anglatuvchi tushuncha. Inson va hayvonlar tanasida yashovchi, uyqu va oʻlgan paytda tanani qisman yoki butunlay tark etuvchi oʻziga xos kuch (qarang Animizm, Jon). P. tushunchasining talqini tarixan oʻzgarib borgan. Yunon falsafasida R. olam asosida yotuvchi pnevma, nus (aql), logos deb tushunilgan. Aristotel "nus"ni tartibsiz materiyani shakllantiruvchi kuch deb bilgan. Oʻrta asr mutafakkirlari R.ni tabiatdan oldin mavjud boʻlgan va uni yaratuvchi kuch deb hisoblaganlar. Forobiy, Ibn Sino, Gʻazoliy va boshqa faylasuf, mutafakkirlar R.ni turlicha talqin qilishgan. Forobiy R.ni bir tanadan ikkinchi tanaga koʻchib yurishini rad etgan. Sharq tabiblari R.ni "latif bugʻ" deb tushunishgan. Materialistik falsafaga koʻra, R. deganda yuqori darajada uyushgan materiyaning mahsuli deb qaraluvchi ong, tafakkur tushuniladi, materiyaga nisbatan ikkilamchi xisoblanadi. Idealistik falsafaga kura, R. deganda materiyaga nisbatan birlamchi deb hisoblanadigan va butun borliqning negizini tashkil etgan gʻayrimoddiy asos, iloxiy kuch tushuniladi. I. Kant R.ni goya sifatida, Gegel borliqni dunyoviy R.ning rivojlanish bosqichlari sifatida karaydi. R. idealistik taʼlimotlarda markaziy oʻrin tutib, tushuncha (panlogizm), substansiya (panteizm), shaxs (teizm) sifatida namoyon boʻladi.

Xristianlikda "muqaddas R." — muqaddas uchlikdagi 3shaxs. Diniy tushunchaga kura, R. — kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin esa, tanadan chiqib abadiy qoladigan koʻzga koʻrinmas narsa. Baʼzi ulamolar R.ni qon, boshqalari nafas deb hisoblaydi. Ayrimlari esa, R.ni latif va nafis havodan iborat deb, uni moddiy narsalar qatoriga qoʻyadi. Qurʼonga koʻra, Alloh odamzodni yaratmasdan oldinroq qiyomatga qadar keladigan odamlarning R.larini paydo qilgan. Islom dinida R.ning moxiyati haqida bahs yuritish man etiladi. Qurʼonda (alIsro surasi, 85oyat) R. Allohning ilmiga havola etiladigan sir ekani, R. toʻgʻrisida odamlar juda oz maʼlumotga ega ekanliklari taʼkidlangan.

Kuchma maʼnoda — insonning ichki holati, histuygʻulari, kayfiyati. Shuningdek, ishharakat, voqea va hodisalarning kechishidagi belgili xususiyatni ham anglatadi. Mas, zamon R.i, qonun R.i, taʼlimot R.i va boshqa [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil