Kontent qismiga oʻtish

Bayt al-Qur’on

Koordinatalari: 26°14′23.13″N 50°35′29.55″E / 26.2397583°N 50.5915417°E / 26.2397583; 50.5915417
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bayt al Qur’on
بيت القرآن
BAQP 001.tif
Asos solingan sana 1990-yil
Joylashuvi Hoora, Manama, Bahrayn
Direktor Ashraf Al Ansari
Toʻplam 10 000 kitob va qoʻlyozma
Turi Islom muzeyi
Sayt Official website

26°14′23.13″N 50°35′29.55″E / 26.2397583°N 50.5915417°E / 26.2397583; 50.5915417

Bayt al-Qur’on muzeyining ichki koʻrinishi

Bayt al-Qur’on (arabcha: بيت القرآن, maʼnosi: Qurʼon uyi) – islom sanʼatiga bagʻishlangan majmua boʻlib, Bahraynning Hoora shahrida joylashgan[1]. 1990-yilda tashkil etilgan majmua oʻzining maxsus islom muzeyi bilan tanilgan. U dunyodagi eng mashhur islomiy muzeylaridan biri sifatida ham eʼtirof etiladi[2].

Tashkil etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua qurilishi 1984-yilda boshlangan va muzey 1990-yil mart oyida Abdul Latif Jassim Kanoo tomonidan rasman ochilgan. U „Qur’on va boshqa nodir qoʻlyozmalarning keng qamrovli va qimmatli toʻplamini“ joylashtirish maqsadida qurilgan boʻlib, mintaqaviy jurnalga koʻra, Fors koʻrfazi mintaqasida yagona sanaladi[3]. Muzey fondlarining asosini Kanuning Qur’on qoʻlyozmalari va islom sanʼati toʻplami tashkil etadi, chunki u ishtiyoqli kolleksiyachi boʻlganligi aytiladi. Xabarlarga koʻra, u koʻp toʻplamlar yaratgani sari oʻzi qoʻlga kiritgan nodir qoʻlyozmalarga nisbatan mas’uliyat hissi ham ortib borgan. 1990-yil u oʻz kolleksiyasini Qur’on va tarixiy qoʻlyozmalarni saqlashga uchun ochilgan muassasani boshqarish maqsadida oʻzi tashkil etgan muzeyga sovgʻa qilgan[4].

Muzeyning tashkil etilishi toʻliq davlat mablagʻi hisobidan moliyalashtirilgan boʻlib, Bahrayndagi turli tabaqadagi odamlar, davlat rahbarlaridan tortib, maktab oʻquvchilari ham turli tarzdagi yordamlarni amalga oshirishgan. Bayt al-Qur’ondagi obyektlar keng jamoatchilik uchun ochiq va bepul[5].

Muassasa va uning muzeyida islom olamining turli burchaklaridan Sharqdan Xitoy va Gʻarbdan Ispaniyagacha boʻlgan tarixiy Qurʼon qoʻlyozmalarining xalqaro miqyosdagi mashhur toʻplamlari joylashgan boʻlib, ular birinchi hijriy yil (milodiy 622–722) dagi xattotlik anʼanalarining rivojlanishini va Islom Oltin Asr davrini ifodalaydi[6][7].

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qur’onning ilk kufiy qoʻlyozmasi 7-asr oxirida yaratilgan boʻlib, muzeyda mavjud.
Muzeyda mavjud boʻlgan , „Moida“ surasining 97-oyatining 94, 95 va 96-oyatlarini oʻz ichiga olgan pergamentdagi Qur’on qoʻlyozmasi.

Bayt al-Qur’on majmuasi shanbadan chorshanbagacha soat 9:00 dan 12:00 gacha va 16:00 dan 18:00 gacha jamoat uchun ochiq[3]. Majmuaning tashqi koʻrinishi XII asrdagi eski uslubdagi masjidga asoslangan[8]. Butun majmua masjid, kutubxona, auditoriya, madrasa va oʻnta koʻrgazma zalidan iborat muzeyni oʻz ichiga oladi. Katta zal va masjidni vitrajli katta gumbaz qoplaydi. Makka tomon yoʻnalishni koʻrsatuvchi belgi boʻlgan „Mehrob“ koʻk rangli sopol koshinlar bilan qoplangan va Qurʼon oyati oʻyib yozilgan[5].

Kutubxona 50 000 dan ortiq kitob va qoʻlyozmalardan iborat boʻlib, ular asosan islomga oid uch tilda – arab, ingliz va fransuz tillaridadir. Muzey islom san'ati boʻyicha ixtisoslashgan va koʻplab maʼlumotnomalar xalqaro ahamiyatga ega. Kutubxona va uning oʻquv zallari ish vaqtida ochiq, Internet tarmogʻi mavjud, shuningdek, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun alohida xonalar mavjud[8].

Shuningdek, Muhammad Bin Xalifa Bin Salmon Al Xalifa maʼruza zali boʻlgan auditoriya mavjud boʻlib, u 150 kishini sigʻdira oladi va asosan maʼruzalar va konferensiyalar uchun ishlatiladi. Mehmon maʼruzachilar Bahraynga koʻplab mamlakatlardan, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyadan olib kelinadi. Konferentsiya zali koʻpincha Bahrayndagi turli jamiyatlar va muassasalar bilan hamkorlikda ommaviy maʼruzalar oʻqish uchun umumiy foydalanish uchun taqdim etiladi[5]. Majmua ichida Yusuf Bin Ahmad Kanuning Qur’onshunoslik maktabi joylashgan. Maktabda kompyuter va zamonaviy jihozlar bilan toʻliq jihozlangan yettita oʻquv maydoni mavjud boʻlib, ayollar va bolalar uchun Qur’on oʻrganadigan alohida sinflar mavjud[5].

Al-Hayat muzeyi majmuaning eng taniqli muassasasi hisoblanadi; u ikki qavatga yoyilgan oʻnta zaldan iborat boʻlib, ularda hijriy birinchi asrdan (milodiy 700-yil) boshlab turli davrlarga oid nodir Qurʼon qoʻlyozmalari namoyish etilgan. Muzeyda Saudiya Arabistoni (Makka va Madina), Damashq va Bagʻdoddan olingan pergamentlardagi qoʻlyozmalar mavjud. Qoʻlyozmalar bu artefaktlarni shikastlanishdan himoya qilish uchun maxsus protseduralardan oʻtadi. Muzeyda mavjud boʻlgan baʼzi eksponatlar orasida Germaniyada bosilgan 1694-yilga oid Qur’onning nodir qoʻlyozmasi ham bor. Muzeyda, shuningdek, Shveytsariyada lotin tiliga tarjima qilingan va milodiy 955-yilga oid Qurʼonning dunyodagi eng qadimiy tarjima qilingan nusxasi ham mavjud. Xalifa Usmon ibn Affon davrida yozilgan Qurʼonning birinchi nusxasi muzeyda faqat optik asboblar yordamida oʻqilishi mumkin boʻlgan bir qancha kichik Qurʼon nusxalari bilan birga namoyish etilmoqda.

Muzeyda hozirgi Pokistonda 14-asrdan qolgan, ularga oʻyib yozilgan suralar mavjud boʻlgan don, noʻxat va guruch namoyish etilmoqda[8]. Eksponatlar orasida Iroq, Turkiya, Eron va Misrning turli davrlariga oid kamdan-kam uchraydigan oltin va mis sopol buyumlar va shisha buyumlari mavjud[8].

Muzeyda Ibn Taymiya kabi islom ulamolarining asarlari saqlanmoqda. U „Dunyoda Qur’on va Qur’onshunoslikka bagʻishlangan yagona institut“ boʻlganligi daʼvo qilingan[9].

  1. The Middle East, Volume 1. Greenwood Publishing Group, 2004 — 6-bet. ISBN 9780313329234. 
  2. Nawwab, Ni'Mah Isma'il (May–June 2000). "Beit Al Qur'an Religion, Art, Scholarship". Saudi Aramco World 51 (3). Archived from the original on 7 May 2012. https://web.archive.org/web/20120507171938/http://www.saudiaramcoworld.com/issue/200003/beit.al.qur.an-religion.art.scholarship.htm. Qaraldi: 5 October 2012. Bayt al-Qur’on]]
  3. 3,0 3,1 „Beit Al Qur'an“. TimeOut Bahrain (2009-yil avgust). Qaraldi: 2012-yil 5-oktyabr.
  4. Nawwab, Ni'Mah Isma'il (May–June 2000). "Beit Al Qur'an Religion, Art, Scholarship". Saudi Aramco World 51 (3). Archived from the original on 7 May 2012. https://web.archive.org/web/20120507171938/http://www.saudiaramcoworld.com/issue/200003/beit.al.qur.an-religion.art.scholarship.htm. Qaraldi: 5 October 2012. Bayt al-Qur’on]]
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Beit Al Qur'an in Bahrain“. TimeOut Bahrain. Qaraldi: 2012-yil 5-oktyabr.
  6. „بيت القرآن يستأنف فعالياته غداً السبت الاول من سبتمبر“. Bahrain News Agency. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  7. Muqueem Khan. „Islamic Manuscripts“ 10, 11. World Congress of Muslim Librarian & Information Scientists (2008-yil noyabr). 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „بيت القرآن يستأنف فعالياته غداً السبت الاول من سبتمبر“. Bahrain News Agency. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  9. „Arabic Textbook“. Yale University Press. 2013-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.