Islom sanʼati muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom sanʼati muzeyi —Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira sh.da. 1881 yilda asos solingan. 1952 y.gachaArab sanʼati muzeyideb atalgan. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiyaning oʻrta asrlar monumental byozak va amaliy sanʼat asarlarini jamlagan. Muzey toʻplami negizini Qohira masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Krhirada qazib olingan topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda oʻta qimmatbaho qoʻlyozma kitoblar va miniatyuralar, yogʻoch oʻymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari tasvirlangan relyeflar, 11-asr va b.), kulollik, kandakorlik, rangli emal bilan naqshlangan shisha (masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va b. saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil