Tartil
“Tartil” arabcha so‘z bo‘lib, Qur’onning o‘qilish sifatiga, kayfiyatiga va uni o‘rgatadigan ilmga nisbatan ishlatiladi. Bu ilm yana “tajvid”, “tilovat haqqi” kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu atama odatda Qur’onga nisbatan uni “toʻgʻri tartibda”, “shoshilmasdan” oʻqishni bildiradi.
Qur’oni karimda tartil
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Tartil” so‘zi Qur’onning “Muzzammil” nomli 73-surasi, 4-oyatida qo‘llanilgan:
"وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا" “va Qur’onni tartil bilan (ya’ni dona-dona qilib) tilovat qiling!”
Bu oʻrinda tartil soʻzi “dona-dona qilib” deb tarjima qilingan. Shuningdek, bu atama Qur’onni Jabroil alayhissalom Muhammad alayhissalomga oʻqib bergan tarzda, toʻgʻri qiroat qilishni tushuntiruvchi qoidalarni belgilash uchun ham ishlatiladi.
Ma’nosi va amaliyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiroat qilayotganda so‘z va jumlalarning fasl (bo‘linishi) va vasl (qo‘shilishi)ni yodda tutish kerak. Ibn Kasirga koʻra, yuqoridagi oyatning tafsiri “Qur’onni sekin, harflarni tushunarli qilib o’qing” deganidir, chunki bu Qur’onning ma’nosini tushunish va mulohaza yuritishda yordamchi boʻladi”.
Toʻrtinchi xalifa Ali ibn Abu Tolibning ta’kidlashicha, tartil bu harflarni oʻz maxrajidan (tovush yoki intonatsiya chiqish joyi) chiqarib oʻqishdir. Soʻzlarni aniq va sekin, tushunib oʻqish va toʻgʻri talaffuz qilish muhim ahamiyatga ega. Qur’onni tushunib boʻlmaydigan va tinglovchini zeriktiradigan darajada tez oʻqimaslik, shu bilan birga qiroatni uzoq vaqt talab qiladigan va tinglovchilarni kechiktiradigan darajada sekin qilmaslik kerak[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Мухаммад-‘Али Лесани Фешареки. „Тартил // Корановедение“ (deadlink). «Фонд исследований исламской культуры». 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.