Axmad Yassaviy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Axmad Yassaviy masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yashnobod
Manzil Xovos 1-tor koʻchasi 49-uy[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlar mahalla ahli
Binokorlik sanasi xashar
Binokorlik ???—1992-yil
Soʻngi imom Xushvaqtov Alimardon Ashurovich[1]
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, yogʻoch,
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Koordinatalari: 41°28′42″N 69°32′7″E / 41.47833°N 69.53528°E / 41.47833; 69.53528 G O

Axmad Yassaviy masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani joylashgan jomeʼ masjid[1]. 1996-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan „Qul Xoja Ahmad Yassaviy“ masjidi nomi bilan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1992-yilda mahalla ahli tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjidga mashhur mutasavvuf, „Turkiston mulkining ulugʻ Shayx-ul-mashoyixi“ deya nomlangan Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining nomlari berilgan. XII asrda Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Hoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti koʻpgina qoʻlyozma manbalarda hijriy 562 (1166—1167) yil deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, keyin esa otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob tarbiyalab katta qiladi. Ahmad dastlabki taʼlimotni Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. Soʻngra bobosi Arslonbob koʻrsatmasi bilan Buxoroga borib, Shayx Yusuf Hamadoniydan taʼlim oladi. Ahmad Yassaviyning oʻzi „Ustoz Yusuf Hamadoniyning huzuriga 23 yoshida borganini“ aytadi. U yerda tasavvufdan taʼlim olib, soʻng oʻz yurtiga qaytadi. Oʻzi olgan taʼlimotini targʻib etib, shogird va muridlar tayyorlay boshlaydi. Rivoyatlarga koʻra, Yassaviy 63 ga (Paygʻambar yoshiga) yetgach, yer ostida hujra yasatib, „chilla“ga kirgan va qolgan umrini riyozatlar chekib, toat-ibodat qilib, hikmatlar yozib, yer ostida oʻtkazgan. Bir rivoyatga koʻra, u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr kurgan. „Yassaviya“ tariqatidan keyin Markaziy Osiyoda ikki yirik tariqat : „Nakshbandiya“ (Xoʻjagon), „Bektoshiya“ tariqati paydo boʻladi. Yassaviya tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari boʻlmish „Hikmat“da mufassal bayon etilgan[3].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Map
Axmad Yassaviy masjidining xaritada koʻrinishi

Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Xovos 1-tor koʻchasi[4] 49-uy manzilida joylashgan. Masjid Axmad Yassaviy mahallasi hududiga kiradi. Masjidning yon qismida 155-maktab joylashgan. Masjid binosi maktab binosiga tutash qilib qurilgan. Masjiddan 1.8 km masofada „Islom ota“ masjidi va 530 m masofada metro deposi joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Ахмад Яссавий жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  2. „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  3. vakillikuz. „«Аҳмад Яссавий» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  4. „2-й проезд Хаваст Ташкент“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.