Kontent qismiga oʻtish

Laylakqoʻndi masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oxunguzar masjididan yoʻnaltirildi)

Laylakqoʻndi masjidi, Oxunguzar 1 masjidi — Toshkent shahri Eski shahar mavzesi (Zarqaynar koʻcha boshi)dagi memoriy yodgorlik. Qoʻqon xoni Norboʻtabiy farmoniga koʻra 1775-yilda toshkentlik ustalar tomonidan qurilgan. Bozorga yaqin boʻlganligi uchun faqat masjid emas, karvonsaroy sifatida ham xizmat qilgan. Masjid poydevori Mirzo Ulugʻbek davridagi qurilish uslubida pishiq gʻishtdan 1,5—1,75 m qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1.0 m nn, tashqi devorlar balandligi 5,X m ni tashkil qiladi. Taʼmirlash-tiklash ishlari jarayonida oʻtkazilgan qazishlar natijasila 17 —19-asrlarga oid sopol buyumlar — naqshlar bilan bezalgan kosa, lagan parchalari, uz. 36,5 sm, ichki diametri oʻlchamlari 12,5 va 15 sm boʻlgan suv oʻtkazish quvuri topildi.

Shoʻrolar davrida Laylakqoʻndi masjididan jamgʻarma kassa va omborxona sifatida foydalanilgan. Old tomonini toʻsib turish maqsadida xoʻjalik mollari doʻkoni qurilgan. 2005-yilning iyun-sentabr oylarida masjid binosi qayta tiklandi. Taʼmirlash ishlariga Samarqand va Toshkentning mashhur ustalari jalb qilindi. Masjid binosi yoniga X ustunli oʻymakor yogʻoch ayvon qurildi. Atrofi obodonlashtirildi. Masjid binosi yangi qurilgan Oʻzbek liboslari galereyasi va Bolsyur ijodiyoti uyi binolari bilan uygunlashib, Eski joʻvaga oʻzgacha husn berdi.